04 fev 19:01
Yangiliklar
Futbol

OCHL pley-offida o'ynaydigan "Bunyodkor" Doxaga etib bordi
Toshkentning "Bunyodkor" klubi OCHL-2017 saralashi doirasida Qatarning "Al Jayish" klubiga qarshi o'ynaydi.
Bugun "qaldirg'ochlar" Qatar poytaxti Doxa shahriga etib borishdi. Bu haqda "Al Jayish" klubining tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvi 7 fevral kuni Doxada bo'lib o'tadi. Ushbu o'yin g'olibi OCHL-2017 guruh bosqichiga yo'l oladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar