05 dek 15:56
Yangiliklar
Futbol

OCHL uchun o'zaro kurashadigan ikki jamoa Bikmaevga qiziqmoqda
O'zbekiston chempioni, O'zbekiston kubogi sohibi va Oliy liga to'purari - Marat Bikmaev kelasi mavsumda jamoasini o'zgartirishi mumkin.
Kechagi final o'yinidan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev Marat Bikmaevga nafaqat "Paxtakor", balki boshqa jamoalardan ham taklif borligini tasdiqladi.
Bikmaevga "Paxtakor" hamda Qatarning "Al Garafa" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Qizig'i, Maratga qiziqayotgan bu ikki klub 30 yanvar kuni OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off uchrashuvida o'zaro to'qnash keladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar