So’nggi yangiliklar

18:13Брисбен (WTA 500). Соболенко чемпионлик титулини ҳимоя қилди 0 17:52Ўзбекистонлик Осиё ўйинлари ғолибаси Татьяна Малининанинг ўғли жуда катта тафовут билан АҚШ чемпиони бўлди! 0 17:31"Манчестер Юнайтед”, "Реал" ва "Арсенал" грециялик футболчи учун даъвогар 0 17:10Адесанья MMA фаолиятидаги энг идеал жангини айтди. Бу Перейра билан реванш эмас! 0 16:49Australian Open 2026. Иккинчи ракеткамизнинг саралаш турниридаги рақибаси маълум 0 16:28Заб Жуда Мэнни Пакьяо билан жанг учун рингга қайтишга тайёр 0 16:07Суперлига-2026. Мавсумни ким қаерда бошлайди? 0 15:46Хабиб Нурмагомедов собиқ рақиблари билан нега дўстлашмаслигини айтди 0 15:25Шоҳжаҳон Эргашевни мағлуб этган Матиас нокаут билан ютқазди ва камарини бой берди 0 15:04Оскар Де Ла Хойя Жейрон Эннис билан жанг учун Вержил Ортис фойдасига 60/40 гонорар бўлишини талаб қилмоқда 0 14:43Мбаппе қатнашган "Реал"нинг ўйин олди машғулотидан эксклюзив фотомақола 0 14:22Бироз аввал Гонконгда чемпион бўлган қозоғистонлик теннисчи Топ-10 рейтингида дебют қилади 0 14:01Теренс Кроуфорд ММАга ўтиш таклифига кескин жавоб қайтарди 0 13:40Дана Уайт UFC тарихидаги энг буюк қарама-қаршилик қайси эканлигини айтди: бу Хабиб — Конор эмас! 0 13:19Абрахам АПЛга қайтиши мумкин 0

02 avg 13:31
Yangiliklar

Futbol

OCHL yulduzlari: Ko'zguda o'zbekistonlik futbolchilar

Teglar :  OCHLOFKO'zbekiston
OFK sayti Osiyo chempionlar ligasida o'zini ko'rsatgan hamyurtlarimiz haqida maqola chop etdi.

O'zbekiston klublari OCHL yo'lga qo'yilganidan beri (2002/2003) muntazam ushbu musobaqada ishtirok etib kelmoqda. O'tgan vaqt oralig'ida bir necha yuzlab futbolchilar mazkur turnirda to'p tepishga muyassar bo'ldilar. 

O'zbekiston klubi hali Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqmagan, biroq turli yillarda "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" o'zidan iliq taassurot qoldirgan deya olamiz. OFK sayti turli yillarda OCHLda o'zini ko'rsatgan besh nafar futbolchiga alohida etibor qaratdi. 


Server Jeparov

OCHLda o'tkazgan mavsumi - 11

Server Jeparovning OCHLdagi ilk ishtiroki musobaqa tashkil etilgan yilga to'g'ri keladi. O'shanda futbolchi "Paxtakor" bilan yarim finalga qadar etib borgandi. SHuningdek, u 2008 yil "Bunyodkor" tarkibida ham yarim finalda o'ynagan. O'z paytida Osiyoning ikki karra "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Jeparov OCHLda 11 mavsumni o'tkazgan. 

Jeparov shuningdek, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni klublari tarkibida ham ushbu musobaqada ishtirok etgan. Keyinchalik "Lokomotiv"da faoliyatini davom ettirgan mohir yarim himoyachi 2016 yil chorak finalda o'ynagan. 2018 yil esa u Eronning "Istiqlol" klubi bilan chorak finalga chiqqandi.


Ignatiy Nesterov

OCHLda o'tkazgan mavsumi - 15

Ketma-ket ikki yil "Paxtakor" tarkibida OCHL yarim finaliga qadar etib borgan futbolchilardan biri bu - darvozabon Ignatiy Nesterov. Nesterov shu paytgacha Osiyo chempionlar ligasida 15 mavsumni o'tkazdi. U legioner emas, balki mahalliy futbolchi sifatida OCHLda eng ko'p o'yin o'tkazgan o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi. Nesterov "Paxtakor", "Bunyodkor" va "Lokomotiv" safida bir qator unutilmas uchrashuvlarda maydonga tushgan. 

2014 yil "Lokomotiv" tarkibiga qo'shilgan Nesterov 2015 yilgi musobaqada faqat bitta o'yinda maydonga tushgandi. O'sha yil "temiryo'lchilar" guruhdan chiqa olishmagan. 2016 yil esa ham Nesterov, ham klub uchun muvaffaqiyatli kelib "Loko" o'z tarixida birinchi bor chorak finalga qadar etib bordi. O'shanda jamoa 1/8 finalda "Al Hilol"ni musobaqadan chiqarib yuborib, 1/4 finalda "Al Ayn"ga mag'lub bo'lgandi. Nesterov esa 10ta o'yinda o'z darvozasidan atigi 5ta gol o'tkazib yuborgan.


Odil Ahmedov 

OCHLda o'tkazgan mavsumi - 8

Mohir yarim himoyachi Odil Ahmedov OCHLdagi debyutini 19 yoshida nishonlagan. Bu 2007 yilga to'g'ri keladi. "Paxtakor" tarkibida xalqaro musobaqada ishtirok etgan Ahmedov 2008 yil OCHLdagi ilk golini urgandi. Qolaversa oradan bir yil o'tib jamoasi bilan chorak finalga qadar etib borgan.

Bundan tashqari u BAAning "Al Ayn" klubi bilan kechgan bahsda 3ta gol urib xet-trik muallifi bo'lgandi. Biroq jamoa guruhdan chiqqaniga qaramay, 1/8 finalda "Al Garafa" to'sig'idan o'ta olmagan. Keyinchalik Ahmedov faoliyatini Rossiyada davom ettirdi va OCHLda o'ynash bo'yicha tanaffus yuzaga keldi. 2016 yil Xitoyga yo'l olgan futbolchimiz "SHanxay SIPG" safida yana OCHLda faoliyatini davom ettira boshladi. 


Timur Kapadze

OCHLda o'tkazgan mavsumi - 10

Oxirgi 15 yilda ko'p kuchli futbolchilar qatori Timur Kapadze ham O'zbekistonning eng kuchli 3ta klubida o'ynagan. Dastlab "Paxtakor" safida OCHLda harakat qilgan Kapadze keyinchalik "Bunyodkor", so'ngra "Lokomotiv" bilan ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etgan. "Paxtakor" ketma-ket ikki mavsum yarim finalga borgan yil, qolaversa "Bunyodkor" va "Lokomotiv" klublarining ham eng muvaffaqiyatli mavsumlarida Kapadze jamoa bilan birga bo'lgan. 

Kapadze "Bunyodkor"ni tark etgach, faoliyatini turli yillarda Janubiy Koreya, BAA va Qozog'istonda davom ettirdi. So'ngra O'zbekistonga qaytib 2015 yil "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi hamda yana OCHLdagi faoliyatini davom ettirdi. "Loko" o'z tarixida ilk bor chorak finalga etib borgan yili Kapadze jamoadagi asosiy futbolchilardan biri bo'lgandi. U 37 yoshida OCHLdagi so'nggi mavsumini o'tkazdi.


Marat Bikmaev

OCHLda o'tkazgan mavsumi - 5

"Paxtakor"da faoliyatini boshlagan Marat Bikmaev juda yosh edi hamda OCHL bahslarida ishtirok etmagan. U 2004 yil Rossiyaga yo'l olib faoliyatini "Krilya Sovetov", "Rubin", "Spartak-Nalchik" va "Alaniya" klublarida davom ettirdi. SHuningdek Qozog'istonning "Aktobe" jamoasi safida harakat qildi. 

2014 yil O'zbekistonga qaytgan futbolchi "Lokomotiv" bilan shartnoma imzoladi va oradan bir yil o'tib OCHL bahslarida maydonga tushdi. Bikmaev ushbu musobaqadagi dastlabki golini "Al Sadd" darvozasiga kiritgan, "temiryo'lchilar" mazkur bellashuvda 5:0 hisobida zafar quchishgandi. 2016 yil jamoasining chorak finalga qadar etib borishida munosib hissa qo'shgan hujumchi keyingi mavsum Saudiya Arabistonining "Al Taavon" darvozasiga 3ta gol urib xet-trik muallifi bo'ldi. SHuningdek, o'tgan yil "Paxtakor" tarkibida xalqaro o'yinlarda ishtirok etdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing