28 okt 00:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon 65. Mavlonbek Mirkomilov tutil jangida g'alaba qozondi, ammo unga kamar berilmadi
Xabar berganimizdek, Qozog'istonning Olma-Ota shahrida MMA bo'yicha Octagon 65 musobaqasi yakunlandi.
Musobaqaning markaziy jangida o'zbekistonlik Mavlonbek Mirkomilov Qozog'iston vakili Nurjan Akishev bilan to'qnash keldi.
Jang engil vazn toifasida Octagon Interim kamari uchun tashkil etildi.
To'liq davom etgan bellashuvda hamyurtimiz hakamlarning yakdil qarori ila g'alaba qozondi. Biroq vazn o'lchash marosimida 200 gramm og'irroq chiqqani uchun Mirkomilovdan titul imkoniyati olib qo'yildi.
SHunday qilib, Mavlonbek Mirkomilov titul jangida g'alaba qozonganiga qaramay, kamar yuta olmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar