So’nggi yangiliklar

12:23Нури Шаҳин Шомуродов ҳақида фикр билдирди 0 12:02Скала WWЕ ва UFC`дан 80 млн доллар ишлади 0 11:41Умар Кремлёв: "Қарор адолатли!" 0 11:20"Uzbekistan Judo Tour" мусобақасининг Тошкент шаҳар босқичи старт арафасида 0 10:59Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" Карим Бенземанинг "Ал Иттиҳод"и меҳмони бўлади 0 10:38Шумков Тошкентда Халоковга реванш беришга тайёр 0 10:17Карлос Алькарас Озодлик ҳайкалини татуировка қилди + ФОТО 0 09:56Алжамейн Стерлинг икки эҳтимолий рақибни айтди 0 09:35Sofascore. Энг юқори балл Файзуллаевда! Шомуродовчи? 0 09:14Нассурдин Имавов Чимаевни зарба эвазига мағлуб этмоқчи 0 08:53Дрикус Дю Плесси октагонга қайтиш муддатини айтди 0 08:32Арман Царукян 10 январь куни собиқ PFL жангчисига қарши баҳс олиб боради + ПОСТЕР 0 08:11Нереснинг дубли "Наполи"га Италия Суперкубогини тақдим этди 0 07:50Шоҳжаҳон Эргашевнинг рақиби ўзгарди, у ҳинд боксчисига қарши рингга чиқади + ПОСТЕР 0 07:29Адҳамжон Эргашев ва Муниса Одилова Қатарда шоҳсупага кўтарилди 0

30 dek 01:02
Yangiliklar

Boks/MMA

Octagon 68. CHempion Anvar Abdullaevning tajribali raqibga qarshi jangi to'liq davom etdi

Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha uzoq kutilgan Octagon 68 musobaqasi o'z nihoyasiga etdi.

Turnirning markaziy jangi o'ta engil vazn toifasida Liga chempioni bo'lib turgan o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Anvar Abdullaev (9-0) hamda Interim (vaqtinchalik chempionlik kamari) sohibi, Ozarbayjon vakili Farid Alibabazade (13-8-1) o'rtasida kechdi.

5 raundlik chempionlik jangi to'liq davom etdi va unda Abdullaev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alabani o'ziniki qildi.

Bu Surxondaryoda tug'ilgan Abdullaev uchun ikkinchi himoya jangi edi. U 2023 yilning dekabr oyida o'tkazilgan Octagon 53 turniri doirasida boshqa bir ozarbayjonlik sportchi — Royal Leylizadeni mag'lub etib, ilk bor kamarini himoya qilgandi. Takidlash joiz, Anvar har ikki himoya jangini ozarbayjonlik sportchilarga qarshi o'tkazib, g'alabaga erishdi.

Yodingizda bo'lsa, 30 yoshli Farid Alibabazade 2023 yilda MPL 10 turniri doirasida keyinchalik UFC'ga o'tgan o'zbekistonlik Ramazon Temirov bilan yuzma-yuz kelgandi, ular keyinchalik kamar uchun jang qilishi aytilgandi, biroq bu hozircha amalga oshmadi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing