02 okt 10:10
Yangiliklar
Futbol

Odil Ahmedov Eron va Xitoyga qarshi o'ynamaydi, u 2 haftaga safdan chiqdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi hamda “Krasnodar” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov yaqin ikki hafta davomida maydonga tusha olmaydi.
Sardorimiz Evropa ligasi 2-turi doirasida “Nicca”ga qarshi o'yinda jarohat olib maydonni tark etishga majbur bo'lgan edi. Odil Ahmedov kuni kecha tibbiy ko'rikdan o'tdi va 2 hafta davomida maydonga tusha olmasligi aniqlandi.
SHu tariqa, yarim himoyachi O'zbekiston terma jamoasiga Eron va Xitoy bilan o'yinlarda yordam bera olmaydigan bo'ldi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar