So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

17 okt 12:18
Yangiliklar

Futbol

Odil Ahmedov: "O'zbekiston nima uchun "Paxtakor" stadionida o'ynamaydi, ochig'i tushunmayman"

Xabaringiz bor, kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Qatarni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovni suhbatga chorladik.

“G'alaba qozonamiz deb maydonga chiqqan edik. Birinchi bo'limda biroz ehtiyotkor bo'lib harakat qildik va himoyaga etibor qaratdik. Ikkinchi bo'limda esa Qatar ham huddi biz kabi oldinga o'tdi va ayni shu sabab biz uchun hujumda zonalar paydo bo'ldi”, - deya o'yinga umumiy fikrini bildirdi Ahmedov.

- Bugun ham KXDRga qarshi bo'lgani kabi maydon chimi erkin harakat qilishga halal berdi, bu borada nima deya olasiz?

- Ha, bu narsa tasir o'tkazadi. Tashqaridan unchalik bilinmasligi mumkin, lekin maydonga tushib o'ynab ko'rgan odamga bu narsa darhol bilinadi. Har bir jamoa qaysi maydonda o'ynashini tanlashi kerak. Bu O'zbekiston milliy terma jamoasi-ku axir. Nima uchun hamma sharoitlari va ajoyib maydoni bor "Paxtakor" stadionida o'ynalmaydi, ochig'i, tushunmayman. Bu erda chim yaxshi emas.

- SHunga qaramay, bugun samaradorlik ko'rsatdingiz.

- Bu futbol, unda doim gol uraman yoki golli pas beraman deb maydonga chiqamiz. Alloxga shukr, bugun o'yinim qovushdi va gol urib, ham golli pas berdim.

- Ektor Kuper ayni paytda himoyani tartibga keltirib olishga ko'proq urg'u bermoqda. Bosh murabbiy tanlagan taktika va uslub o'yinchi va jamoa sardori sifatida sizga maqul kelayaptimi?

- Murabbiy qanday taktika tanlashidan qati nazar jamoa uchun eng kerakli narsa - natija. Tanlangan uslub natija bersa, demak biz to'g'ri yo'lda bo'lamiz.

- Murabbiy siz bilan sardor sifatida jamoaning kelajakdagi harakatlari haqida yuzma-yuz gaplashdimi?

- Bunday mavzuda gaplashganimiz yo'q.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing