30 noy 22:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Odiljon Aslonovning chempionlik kamari uchun o'tkazgan jangi muddatidan oldin yakunlandi
Xabar berganimizdek, Ekaterinburg shahrida RCC Boxing kompaniyasining professional boks oqshomi davom etmoqda.
Super o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustasi Odiljon Aslonov musobaqa doirasida rossiyalik Nikita Zonga qarshi bahs olib bordi.
10 raund etib belgilangan jang WBA Asia chempionlik kamari uchun o'tkazildi.
Afsuski, jangning oltinchi raundi davom etayotgan bir paytda Aslonovning burchagi ringga oq sochiq tashlab, jangni davom ettira olmasligini bildirdi. Jang davomida Zon Aslonovni bir necha marotaba nokdaun holatiga ham tushirdi.
SHu tariqa, bokschilar o'rtasidagi ikkinchi jangda Nikita g'alaba qozondi. 2022 yil avgust oyida o'tkazilgan ilk bahsda durang qayd etilgandi.
Aslonov bugungi ishtiroki orqali professional faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar