14 dek 13:29
Yangiliklar
Futbol

O'FA 2730 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi. Nima uchun?
OFK tartib-intizom qo'mitasi bir qator o'yinlar borasida o'z qarorini elon qildi.
Ular orasida O'zbekiston U-19 - Saudiya Arabistoni U-19 uchrashuvi ham bor. OFK bu bahsda 7 nafar o'zbekistonlik futbolchi sariq kartochka olgani uchun O'FAni 2730 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortdi. Ushbu jarimani O'FA 30 kun ichida to'lashi lozim.
Malumot uchun, ushbu o'yin so'nggida ikkala jamoa futbolchilari mushtlashib ketishgani haqida Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida yozgan edi. Biroq bu mushtlashuv borasida OFK hali yakuniy qaror qabul qilmagan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar