07 dek 16:20
Yangiliklar
Futbol

O'FA O'zbekiston Belarusga qarshi o'ynashini tasdiqladi
Xabaringiz bor, Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida O'zbekiston milliy terma jamoasi 5 ta uchrashuvdan so'ng 9 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 1-pog'onasini egallab turibdi.
2020 yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o'yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo'lishadi.
Ushbu uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik olib borish maqsadida terma jamoamiz fevral oyida BAAda yig'in o'tkazadi. Mazkur yig'in doirasida Belarus terma jamoasi bilan uchrashuv o'tkazish rejalashtirilgan. Bu haqida O'FA matbuot xizmati xabar qildi. O'yin 23 fevral kuni Dubayda tashkil etilishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, kecha championat.asia sayti ushbu o'rtoqlik o'yini haqida malumot bergandi.
Havola :
Fikrlar