So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

02 iyu 16:08
Yangiliklar

Futbol

O'FA prezidenti bo'lish uchun nomzodga qo'yiladigan shartlar malum qilindi

Teglar :  FutbolO'FA
2019 yil 15 iyul sanasida O'zbekiston futbol associaciyasining navbatdan tashqari Konferenciyasi bo'lib o'tadi.

Konferenciya kun tartibidan O'FA Prezidentini saylash masalasi ham o'rin olgan.

SHu munosabat bilan, O'FA ustavining 41-moddasiga muvofiq O'FA azolari tomonidan O'FA Prezidenti lavozimiga nomzod kiritish bo'yicha yozma takliflar 2019 yilning 14 iyuliga qadar Toshkent shahri Islom Karimov ko'chasi 98-A uyda joylashgan O'FA Bosh kotibiyatiga taqdim etilishi mumkin.

O'FA ustaviga muvofiq O'FA Prezidenti lavozimiga ilgari suriladigan nomzodlar quyidagi shartlar asosida tanlab olinadi:
- O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi;
- O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan bo'lishi;
- O'FA azolarining har biri o'zlari ilgari suradigan nomzodni belgilangan tartibda nomzod sifatida saylagan bo'lishi va saylov o'tkazilganligi to'g'risidagi yig'ilish bayonnomasini nomzod kiritish bo'yicha yozma taklifga ilova qilishi lozim;

Yuqoridagi shartlarga mos keladigan nomzodlar xalqaro talablarga muvofiq tarzda O'FA tomonidan o'rganib chiqiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing