So’nggi yangiliklar

19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0 16:49Забит Магомедшарипов укасининг мағлубияти учун Росасдан қасос олмоқчи 0 16:1711 нафар ўзбек боксчиси WBC'нинг янгиланган рейтингидан жой олди 0 15:45Дзюдочи қизларимиз Японияда машғулотларни бошлади 0 15:18"Бу 100 фоизлик коррупция". Бельгия матбуоти — Балогуннинг ЖЧдаги кечиктирилган дисквалификацияси ҳақида 0 14:43UFC чемпиони Том Аспиналл Рожер Федерер билан учрашди + ФОТО 0 14:03Боксчиларимизнинг Осиё чемпионатидаги юриши бошланди 0 13:38Деонтей Уайлдер жамоаси Усик билан жангни инкор қилмади 0 13:10Яна бир мураббий ЖЧдан сўнг истеъфога чиқди 0 12:38Нодиржон Мирзаҳмедов ва бошқалар. Тошкентдаги "AAA Promouter" турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:56Макгрегор - Холлоуэй жангини суғурталайдиган спортчи айтилди 0 11:32Мейвезер амалдаги энг яхши беш боксчини санаб берди 0

10 iyu 17:02
Yangiliklar

Futbol

O'FA totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etayotgan shaxslarni aniqladi

Teglar :  O'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi qoshida tashkil etilgan maxsus inspekciya totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etayotgan shaxslarga nisbatan keskin kurashib kelmoqda.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida totalizator va kelishilgan o'yinlarda ishtirok etayotgan shaxslar aniqlandi.

“Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirovning O'zPFLga taqdim etgan xati asosida O'FA maxsus inspekciyasi surishtiruv ishlarini olib bordi.

Xatda “Zarangari” futbol klubining besh nafar futbolchisi kelishilgan o'yinlarda gumon qilinayotgani aytilgan bo'lib, ularning ism-shariflari aniq ko'rsatib o'tilgandi. Keyinroq malum bo'ldiki, klub rahbariyatining o'zi nohalol futbolga yo'l ochib bergan va bu ishga unamagan futbolchilarni tuhmat tariqasida jamoadan chetlashtirish chorasini ko'rmoqchi bo'lgan.

“Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirov “Zarangari”da moliyaviy muammolar borligini ro'kach qilib, jamoaning barcha ishlariga endilikda SHerzod Sattorov javobgar bo'lishini futbolchilarga rasman malum qilgan (SHerzod Sattorov O'zPFL ro'yxatidan “Ittifoq-Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi sifatida o'tgan). “Zarangari” futbolchilari F.Toirovdan hozirgi kungacha bo'lgan moliyaviy hisob-kitobni qilishini talab qilishgan. Mana shu masalada muammo kelib chiqqan.

Keyinroq SH.Sattorov barcha masalani o'zi hal qilishini, kerak bo'lsa transfer oynasi ochilmayoq yangi futbolchilarni jamoaga olib kelishga qudrati etishi haqida aytgan. Oylikdan tashqari pul ishlash niyatida bo'lgan futbolchilar uning ko'rsatmasi bilan totalizatorda ishtirok etishlari kerakligini uqtirmoqchi bo'lgan.

O'FA maxsus inspekciyasi Furqat Toirov hamda SHerzod Sattorovlarning futbolchilar bilan suhbatlari yozilgan audioyozuvni to'liq qo'lga kiritdi. Malum bo'ldiki, SH.Sattorov hamda F.Toirov rejasiga unamagan futbolchilarni O'zPFL orqali gumonlantirilib, ulardan xalos bo'lishni istagan. Rahbarlardan farqli o'laroq, futbolchilar alohida-alohida suhbatdan o'tkazilganda, ularning fikrlari asosli bo'lib chiqdi, jamoa azolari faktlar asosida ko'rsatma berdilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'FA Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasi qaror qabul qildi. Unga ko'ra “Ittifoq-Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi SHerzod Sattorovning qilmishlari kechirib bo'lmas, deb hisoblandi va u bir umrga futbolga aloqador barcha faoliyatdan chetlashtirildi. SH.Sattorov Buxoro viloyatidagi maktablardan birida jismoniy tarbiyadan ham dars berishi haqida aytib o'tdi. Yosh avlodni uning kabi kishilar boshqarmasligi kerak deb hisoblanib, O'FA qo'mita qarorini mazkur maktabga ham taqdim etadi. SHuningdek, audioyozuvlarga ko'ra, SH.Sattorov O'FA hamda O'zPFLning ayrim xodimlarini haqorat qilgan, ularga jiddiy tuhmatlar yog'dirgan.

O'FA Intizom va odob-axloq (etika) qo'mitasi “Zarangari” futbol klubi rahbari Furqat Toirovni 1 yilga futboldan chetlashtirdi va 20 million so'm jarima jazosi qo'lladi. Keyingi tekshiruvlar jarayonida uning ham kelishilgan o'yinlarga aloqadorligi fakti topilsa, jazo o'zgartiriladi.

O'zbekiston futbol associaciyasi futbol sohasida faoliyat yuritayotgan barcha insonlarni ogohlantiradi: murabbiy, fubolchi, mutaxassis — kim bo'lishidan qati nazar kelishilgan o'yinlarga aloqadorligi aniqlansa, belgilangan tartibda qatiy jazoga tortiladi.

Reyting: -1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing