15 okt 19:50
Yangiliklar
O'FA vice-prezidenti Odil Ahmedov terma jamoaning noyabrdagi raqiblari masalasiga oydinlik kiritdi
"Biz haqiqatan ham Rossiya Futbol Ittifoqi bilan aloqadamiz va noyabr oyida O'zbekiston hamda Rossiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha kelishuvga yaqinmiz. Biz yozdan beri Rossiya jamoasi bilan o'ynashni xohlagandik va hozir barcha tafsilotlarni muhokama qilishda davom etyapmiz.
Ayni paytda ikkita ehtimoliy raqib – Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan muzokaralar olib boryapmiz. Dastlab Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan o'yinimiz Ar-Riyodda o'tishi kerak edi, biroq xavfsizlik nuqtai nazaridan biz o'yinni Toshkentga ko'chirishni xohlayapmiz. Saudiya tomoni hozircha bu variantga rozi bo'lmayapti.
Agar Saudiya Arabistoni bilan kelisha olmasak, katta ehtimol bilan Rossiya terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'ynaymiz. Rossiya tomoni esa o'z uyida o'yin o'tkazishdan manfaatdor, shuning uchun uchrashuv joyi masalasi ham ochiq qolmoqda.
Hozircha yakuniy kelishuvlar yo'q, ammo biz o'yinni o'tkazishni kelishib olishga yaqinmiz. Barcha tafsilotlarni terma jamoamiz bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bilan muhokama qilishimiz qoldi. Umid qilamizki, noyabr oyida ushbu o'rtoqlik uchrashuvini o'tkaza olamiz", – dedi Ahmedov Sport24 muxbiri Vladislav SHapiro bilan suhbatda.
Sentyabr – oktyabr oylarida O'zbekiston Eron (3:1), Suriya (4:1) va Janubiy Koreya (0:2) bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazdi.

Fikrlar