So’nggi yangiliklar

21:34Яхши хабар! Рамазон Темиров рейтингга қайтарилди 0 19:08Шаҳрамга ҳам, Шоҳжаҳонга ҳам муддатидан аввал ютқазган Марк Урванов Ғиёсов — Эргашев эҳтимолий жангида ким ғалаба қозонишини айтди 0 18:37Манба: Манчини — Италия терма жамоаси бош мураббийи! 0 18:03Рамазон Темировга Стив Эрцегдан олдин бошқа рақиб таклиф қилинган экан 0 17:25Гукеш ва Синдаров ўртасидаги Жаҳон тожи учун баҳс қачон ва қаерда ўтказилиши расман эълон қилинди 0 16:56Арман Царукян тўрт кундан кейин ўз юртида жанг қилади + ПОСТЕР 0 16:27Расман: Зидан — Франция терма жамоаси бош мураббийи! 0 16:00UFC Fight Night 282. Гусковда фаолиятидаги энг катта гонорар, Темировда ҳам! 0 15:19Таэквондо терма жамоамиз “Kim Un Yong Cup” халқаро турнирини умумжамоа ҳисобида иккинчи ўринда якунлади 0 14:43Ғалабадан кейин Рамазон Темировга UFC юлдузлари обуна бўлишди. Улар қайси жангчилар эди? 0 14:08Ўзбекистон миллий терма жамоаси октябрь ойида Жанубий Корея билан ўйнайди 0 13:29Богдан Гусков: «Анкалаевга унчалик ҳам осон бўлмади» 0 12:57Самарқанд 2027 йилда йирик халқаро турнирни қабул қилади 0 12:26Жаско коач Рамазон Темировнинг Асу Алмабаевга қарши эҳтимолий жанги ҳақида гапирди 0 11:50"Манчестер Юнайтед" Франция терма жамоаси аъзоси билан келишиб олди 0

25 sen 16:11
Yangiliklar

Futbol

O'FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressida Azizov va Ermatov qayta saylanishdi

Teglar :  Ravshan ErmatovO'FA
Bugun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasining majlislar zalida O'FAning navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi bo'lib o'tdi.

Abdusalom Azizov: "Avvalo yana 4 yil muddatga saylaganinglar uchun barchaga rahmat aytaman. OFK va FIFA yordamida futbolimiz rivojlanishi uchun ishladik. Ammo milliy terma jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olmagani ishimizda kamchiliklar borligi ko'rinib qoldi. Oldimizda Parijdagi Olimpiadaga chiqish vazifasi turibdi. 2026 yilgi mundialga ham chiqish Srechko Katanec boshchiligidagi murabbiylar oldiga vazifa qilib qo'yildi. Bundan tashqari milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, jamoalar atrofidagi qing'irliklarni yo'qotish kerak.


O'FA Ijroiya Qo'mita 9 ta azoligiga quyidagilar saylandi:
Mirobidova Edita Lukmanovna
Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich
Isoqov To'lagan Ulmasovich
Usmanov Jaxangir Mirabrorovich


O'FA vice prezidenti lavozimiga 6 nafar nomzoddan 5 nafari o'z nomzodini qaytib olgan. Faqatgina bir nomzod Ikramov Azizbek Isroilovich qolgan. Unga bir ovozdan ovoz berishdi va Ikramov Azizbek Isroilovich O'FA vice prezidenti etib saylandi. Yana bir vice prezident keyingi saylovda saylanadi.

Hisobot-saylov kongressi raisi Xabibulla Mirzaxanov malumot bermoqda:

"45ta azo tashkilot O'FA prezidenti lavozimiga Abdusalom Azizov nomzodini ilgari surgan, 42ta azo tashkilot esa O'FA Birinchi vice-prezidenti lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodini ilgari surgan. SHu bois Abdusalom Azizov va Ravshan Ermatovni yana bir bor o'z lavozimlariga qayta saylanganlari bilan tabriklayman", - deydi Xabibulla Mirzaxanov.


14:55. Avaz Maksumov O'zbekiston futbol associaciyasi faoliyati to'g'risidagi hisobotini o'qib eshittirmoqda.


O'ZBEKISTON FUTBOL ASSOCIACIYASINING NAVBATDAGI HISOBOT-SAYLOV KONGRESSI KUN TARTIBI:
I. O'zbekiston futbol associaciyasi 2021 yil 19 iyunda o'tkazilgan navbatdan tashqari Kongress bayonini tasdiqlash.
II. O'zbekiston futbol associaciyasining tasdiqlangan Ustaviga asosan mustaqil qo'mitalar va yurisdikciya organlarini faoliyatini samarali tashkil etish to'g'risida.
III. Moliyaviy hisobot va yillik hisobotni o'z ichiga olgan yillik auditorlik hisobotni tasdiqlash.
IV. O'zbekiston futbol associaciyasi faoliyati to'g'risidagi hisoboti.
V. O'zbekiston futbol associaciyasi Prezidenti, Vice-prezidentlari va Ijroiya Qo'mita azolarini saylash.


14:46. Tadbirni O'FA Bosh kotibi Avaz Maksumov ochib bermoqda

14:40. O'FA faoliyatiga oid rolik namoyish etilmoqda

14:38. Abdusalom Azizov boshchiligidagi O'FA rahbariyati MOQ anjumanlar zaliga kirib keldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing