20 mar 14:20
Yangiliklar
Futbol

O'FF: Faqatgina Vitaliy Denisov Malayziyaga kelmadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni JCH-2018 uchinchi saralash bosqichi doirasida Suriyaga qarshi o'yin o'tkazadi.
"O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan JCH saralash o'yinini o'tkazish uchun Malayziyaga etib keldi. CHaqirilgan futbolchilardan faqatgina Vitaliy Denisov yo'q. U "Lokomotiv"ning "Spartak"ka qarshi o'yinida jarohat oldi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi Denisovning ahvolini kuzatib boryapti va uning Suriyaga qarshi o'yindagi ishtiroki yuzasidan shifokorlar ko'rigidan keyin axborot beradi", - deb yoziladi O'FFning telegramdagi rasmiy kanalida.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar