So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

01 okt 17:50
Yangiliklar

Futbol

O'FF prezidenti BAA Futbol Uyushmasi rahbariyati bilan uchrashdi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bugun Dubayda Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida tomonlar O'zbekiston va BAA futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Birlashgan Arab Amirliklari Futbol Uyushmalari o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlash orqali o'zaro tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, shuningdek, ikki mamlakat yoshlari orasida futbolni yanada ommalashtirish uchun amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida suhbat olib bordilar.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Abdulla Nosir al-Junaybiy O'FF va BAA Futbol Uyushmasi o'rtasidagi hamkorlik memorandumini imzoladilar.


Ushbu memorandum O'zbekiston va BAA terma jamoalari va klublariga turli yosh toifalarida o'rtoqlik o'yinlari va musobaqalar,o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil qilish va o'tkazish, ikki mamlakat terma jamoalarining murabbiylari o'rtasida tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish, shuningdek, futbol, ayollar futboli, futzal,bolalar-o'smirlar futbol maktablarida faoliyat olib boradigan murabbiylarni o'qitish va malakasini oshirish, murabbiylar, hakamlar va sport medicinasi xodimlarini o'qitish va malaka oshirish kurslariga yuborish kabi katta imkoniyat eshiklarini ochib beradi.

Umid Ahmadjonov Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashuvda BAA Futbol Uyushmasining xalqaro musobaqalarni tashkil qilish va o'tkazish tajribasini o'zlashtirish haqida gapirar ekan, 2018 va 2019 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati, 2019 yilgi Osiyo Kubogi tashkiliy qo'mitasiga bir guruh O'FF mutaxassislarini malaka oshirish uchun yuborish masalasini ham alohida muhokama qildi.


“O'zbekiston Futbol Federaciyasi kelajakda BAA kabi FIFA va OFK turnirlarini O'zbekistonda o'tkazishga tayyor bo'lishi uchun ham biz kadrlar tayyorlash dasturi doirasida ushbu masalaga jiddiy etibor qaratdik”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FF matbuot xizmatiga. “O'FFda xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bor, lekin biz FIFA va OFK tadbirlarini O'zbekistonga olib kelmoqchi ekanmiz, katta tajribaga ega mutaxassislarni tayyorlash birlamchi vazifaga aylanadi. SHuning uchun ham Osiyoning etakchi federaciyalari bilan o'zaro tajriba almashinuviga erishish oldimizdagi katta vazifalardan biri hisoblanadi”.

Memorandum, shu bilan bir vaqtda, O'zbekiston va BAA futbol ligalari doirasidagi o'yinlarga ikki mamlakat hakamlarini taklif qilish, xalqaro tadbirlarni tashkil etish va o'tkazishda O'FF va BAA Futbol Uyushmasi xodimlarining o'zaro tajriba almashishiga imkoniyat yaratib beradi.

Takidlash kerakki, bu Umid Ahmadjonov O'FFga prezident etib saylanganidan beri xorijga amalga oshirgan ikkinchi safaridir. Bungacha Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashib, O'zbekiston FIFAning xalqaro musobaqalari va tadbirlariga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini malum qilgan edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing