24 noy 12:57
Yangiliklar
O'FF prezidenti "Cementchi"ni Superligaga chiqqani bilan tabrikladi
SHu munosabat bilan O'FF prezidenti Umid Axmatdjanov klub prezidenti M.D. Mehmonovga tabrik yo'lladi.
Hurmatli
Mo'ysinjon Dadajonovich! “Cementchi” futbol klubining ahil jamoasini
futbol bo'yicha 2017 yilgi Birinchi liga musobaqalarida munosib ishtirok
etgan holda Super Ligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritganligi
munosabati bilan samimiy tabriklayman!
2017 yilgi mavsumda
chempionlik poygasi juda shiddatli va qiziqarli kechdi. Yil sayin tajriba
to'plab, muxlislar mehrini qozonayotgan “Cementchi” futbol klubi Birinchi
liga chempioni bo'lganligi etiborga loyiqdir.
Umid qilaman,
“Cementchi” yutuqlar pillapoyasida yuqori ko'tarilishida davom etib, 2018
yilgi O'zbekiston Super Ligasida sermahsul o'yin ko'rsatadi hamda
chempionlik uchun kurashda etarlicha raqobat ko'rsata oladi.
Hurmat bilan, O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti U.Axmatdjanov
Fikrlar