21 sen 15:30
Yangiliklar
O'FF Prezidenti FIFA Prezidenti bilan uchrashdi
FIFA qarorgohida bo'lib o'tgan muzokaralar yakuniga ko'ra, O'FF Prezidenti
Umid Ahmadjonovning taklifi bilan FIFA prezidenti Janni Infantino
O'zbekistonga tashrif buyurishga vada berdi.
Umid Ahmadjonovning
tashrifdan ko'zlagan asosiy maqsadi FIFA tasnifidagi xalqaro tadbir va
musobaqalarni O'zbekistonga olib kelish bo'lib, O'FF Prezidenti Janni
Infantino bilan o'zaro suhbat chog'ida o'smirlar hamda yoshlar o'rtasidagi
jahon chempionati, 17 va 20 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi jahon
chempionatini O'zbekistonda o'tkazish masalasini qizg'in muhokama qildi.
O'FF
Prezidenti FIFA prezidenti bilan suhbat asnosida O'zbekiston bugungi
kunga kelib, FIFA Kongressi, shuningdek, FIFAning ixtisoslashgan
forumlaridan biriga mezbonlik qilishga tayyor ekanligini malum qildi.
Muzokaralar
chog'ida O'zbekiston delegaciyasi futbol targ'ibotini kuchaytirish maqsadida
FIFAdan dunyo futbolining yorqin afsonalari va buguni kun yulduzlarini
O'zbekistondagi yosh futbolchilarga master-klass o'tab berishi, shuningdek,
jahon futbolida top-murabbiylarni O'zbekistonda nazariy va amaliy
mashg'ulotlar o'tkazib berishi uchun taklif qilishda FIFAning amaliy yordam
berishini so'radi. Bundan tashqari, Evropaning ko'zga ko'ringan futbol
klublari va O'zbekiston klublari o'rtasida hamkorlikdagi o'quv-mashg'ulot
yig'inlarini o'tkazish va mutaxassislarni jalb qilgan qolda, o'zaro tajriba
almashinuvini yo'lga qo'yish bo'yicha ikki tomonlama kelishuvga erishildi.
O'zbekiston
Futbol Federaciyasining barcha turdagi faoliyatini, ayniqsa, moliyaviy
jihatdan shaffoflashtirish bo'yicha yangi strategik reja barpo qilayotgan Umid
Ahmadjonov FIFA rahbari bilan “Forvard” loyihasi bo'yicha muzokaralar olib
bordi. Natijada 2018 yilning oxirigacha O'zbekiston futboliga 3.5 million
AQSH dollari, 2019 yilda esa yana 1.5 million dollar O'FF hisobiga o'tkazib
beriladi.
“Bu pullar qaerdan keladi?” degan savolga FIFAga yangi
prezident bo'lib saylangan Kongressda Janni Infantino tomonidan so'zlangan
nutqni javob tariqasida keltirish mumkin. Meksikada bo'lib o'tgan
Kongressda Infantino FIFAning daromadi unga azo federaciyalarga
taqsimlab berilishi kerakligini baralla aytgan edi. Ana shu gaplarning
isboti tariqasida Infantino yangi rivojlantirish loyihasini ishga tushirdi.
Mazkur loyiha doirasida FIFAga azo har bir federaciya, shu jumladan
O'zbekiston ham, 4 yil muddatga 5 million AQSH dollari miqdorida pul
oladi. Bu pullar FIFAning “Forvard” loyihasi reglamentida aytib
o'tilganidek federaciyaning ishini yuritish, mamuriy boshqaruv ishlari,
shuningdek, terma jamoalar, Respublika miqyosidagi musobaqalarni o'tkazish,
veb-sayt ishlarini takomillashtirish kabi alohida belgilab qo'yilgan ishlarga
sarflanishi kerak. Amaliy ishlar tugagach, FIFA 5 million AQSH dollarini 4
yil ichida o'rnatilga tartibda federaciyalarga audit asosida o'tkazib
beradi.
Alohida
takidlash kerakki, Umid Ahmadjonovning FIFA bilan muzokaralari
natijasida maxsus loyihalar uchun FIFA bilan 2017-2018 yilgi davrga 1,5
million AQSH dollari miqdorida shartnoma imzolanadigan bo'ldi.
Ahmadjonovning topshirig'i asosida Toshkentda ushbu shartnoma shartlarini
bajarish bo'yicha ishchi guruhi tuzilib, unga belgilangan muddat ichida barcha
xujjatlarni Cyurixga yuborish vazifasi birlamchi qilib qo'yildi. Bundan
tashqari 2016 yilgi maxsus loyihalar uchun o'z hisobidan mablag' ishlatib
turgan O'FFga harajatlarni qoplash maqsadida 1 million AQSH dollarini
o'tkazib beriladigan bo'ldi. Janni Infantino kelgusida FIFAning futbolni
rivojlantirishga yo'naltirilgan moliyaviy grant dasturlarida O'zbekistonning
faol ishtirok etishiga umid bildirdi.
Umid Ahmadjonov va Janni
Infantino o'rtasidagi suhbatda FIFAning “Gol-4” loyihasi bo'yicha O'FFning
hisob raqamiga o'tkazilishi kerak bo'lgan mablag'larni kechiktirmasdan olish,
milliy terma jamoaga avtobus sotib olish uchun ajratiladigan mablag'ning
miqdorini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
“Gol-4” loyihasi
FIFAning sobiq prezidenti Zepp Blatter davridagi rivojlantirish
loyihalarining oxirgisi bo'lib, uning doirasida O'zbekiston Futbol
Federaciyasiga 500,000 AQSH dollari miqdorida mablag' beriladi. Bu
pullarning bir qismi allaqachon O'zbekiston Futbol Federaciyasi binosini
qayta tamirlash uchun ishlatilgan. Qolgan qismi esa milliy terma jamoaga
yangi avtobus sotib olish uchun sarflanadi. SHu tariqa O'FF FIFAning “Gol”
loyihalaridagi ishtirokini tamomlaydi.
“Biz O'zbekiston Futbol
Federaciyasining faoliyatini shaffoflashtirish orqali ishqibozlarning
mamlakatimiz futboliga bo'lgan hurmat va etiborini, ishonchini qaytarishni
maqsad qildik. Federaciya endilikda, barcha turdagi faoliyatlar, shu
jumladan, moliyaviy operaciyalar haqida vaqti-vaqti bilan hisobot berib
turadi”, - deydi Umid Ahmadjonov Infantino bilan uchrashuvdan keyin O'FF
matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Umid Ahmadjonov boshchiligidagi O'FF delegaciyasi SHveycariyadan Toshkentga shu hafta oxirida qaytib keladi.
O'FF matbuot xizmati
Fikrlar