27 sen 15:07
Yangiliklar
O'FF yangi prezidenti ishtirokida matbuot anjumanida bo'lib o'tgan savol-javoblar haqida batafsil
Matbuot anjumanida, shuningdek, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya
Qo'mitasi azolari Rustam Qurbonov, Murod Aliev va O'zbekiston Futbol
Federaciyasi vice-prezidenti SHoakrom Isroilov, MOQ bosh kotibi Oybek
Kasimov ishtirok etdi.
Umid Ahmadjonov: Bugun hisobot
saylov konferenciyasi o'tganiga 15 kun bo'ldi. Biz 2017-2022 yillar uchun
maxsus dastur ishlab chiqdik. Birinchisi milliy terma jamoasiga yangi bosh
murabbiy tayinlash, ikkinchisi kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash uchun yangi
jamoa tuzayapmiz, uchinchisi tanish bilishchilik va qarindosh urug'chilikka qarshi
kurash olib borish, to'rtinchisi federaciya ishining shaffofligini taminlash
va shu orqali fuqarolarning
federaciyaga ishonchini ortishiga erishishdir. Aksariyat murojaatlarda
federaciya xalqning mablag'ini suistemol qilganlikda ayblanadi.
Fuqarolarda paydo bo'lgan noto'g'ri tasavvurni yo'qotish uchun federaciya
moliyalashtirish uchun mablag'ni qaerdan olib, qaerga sarflashini
shaffoflashtirishni taminlaydi. beshinchisi bolalar va o'smirlar futbolini
yanada yaxshilash, 2022 yilgi Jahon chempionatiga chiqish, O'FFni Osiyoning eng
yaxshi federaciyalaridan biriga aylantirish. Barcha terma jamoalarimizning
Osiyo va Jahon chempionatlarida ishtirok etishini taminlash kabi ustuvor
vazifalar qo'yilgan.
Rustam Qurbonov: Ashxobodda o'tayotgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarda sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdik. 130ta medal qo'lga kiritib medal jamg'arish bo'yicha uchinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Quvontirgan holat olimpiadaga kiritilgan sport turlarida anchagina o'sishga erishdik. Futbolni rivojlantirish bo'yicha ham bizga takliflaringiz kerak. Birinchi navbatda bolalar futbolini ko'tarish. Boks bo'yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdik, suv sporti bo'yicha o'tkazilgan Osiyo chempionatida ham yutuqlar qo'lga kiritildi.
-
Xalq orasida yuramiz. Odamlar bizdan bir savolni ko'p bor so'rashadi. SHuni
sizlarga etkazmoqchiman: Terma jamoamiz mundialga chiqa olmadi. Bunga
kimdir javob beradimi?
Umid Ahmadjonov: - Buni o'rganib chiqayapmiz. Albatta bu borada hisobot beramiz. Biz yangi jamoa tuzayapmiz.
-
Hisobot saylov konferenciyasida sizga uch nafar vice prezident
tayinlashdi. Biroq ularning uchalasi ham hukumat darajasidagi insonlar va
ular 24 soat davomida futbolni o'ylash imkoniyatiga ega emas. SHu bois
o'zingizga birinchi yordam tayinlash rejada bormi?
- Aytganimdek yangi jamoa tuzayapmiz. SHoakram Isroilov Jismoniy tarbiya institutidagi ishdan ketdilar va to'lig'icha O'FFga o'tdilar. Aynan shu inson mening birinchi yordamchim bo'ladi. Bundan tashqari maslahatchi lavozimini ham joriy qilmoqchimiz.
- Cyurixga borganda turli yoshdagi
Jahon chempionatlarini O'zbekistonda o'tkazish bo'yicha takliflar bo'lgani
yozildi. SHu haqda nima deya olasiz?
- FIFAga ayollar va yoshlar o'rtasidagi mundialni o'tkazish bo'yicha taklif berdik. Tashkilot o'rganib chiqadi va keyin barchasi malum bo'ladi. 2019-2020 yillardagi mundiallarga ariza berishimiz mumkin.
- Terma jamoa yangi bosh murabbiyi kim bo'ladi? Qaysi murabbiylar bilan muzokara o'tkazilmoqda?
- O'FF xorijiy murabbiylar bilan muzokara olib bormoqda. Ammo muzokaralar qoidasiga ko'ra ularning nomini oshkor qila olmaymiz. Kelishuvga erishsak bu haqda albatta O'FF rasmiy saytida xabar beriladi.
- PFLga yangi rahbar tayinlash rejada bormi? Yangi shijoatkor yoshlar kelishining vaqti kelmadimi?
- PFLning moliyaviy holatini o'rganib chiqish boshlangan. To'g'ri aytdingiz PFLni va klublarimizni kuchaytirmasak terma jamoamiz jabr chekib yuraveradi. PFLning tuzilmasini ko'rib chiqqanimizdan keyin "Barselona" va boshqa kuchli klublarda ish o'rganishga yuboramiz. O'z xodimlarimizni 10-15 kunga o'sha erda tajriba to'plashadi.
- Terma jamoaga yangi murabbiyni tanlashda aynan qaysi jihatlarga etibor qaratilmoqda?
- To'rt besh nafar xorijlik murabbiy bilan muzokara ketmoqda. Ularning O'zbekiston futboli bilan tanishligi va boshqa jihatlar hisobga olinadi.
-
PFL saytini yaxshilash imkoniyati bormi? Xorij klublari O'zbekiston oliy
ligasi jamoalaridan futbolchi olmoqchi bo'lsa albatta PFL rasmiy saytiga
tashrif buyuradi. Bizda esa ingliz tilida malumotlar berilmaydi.
SHoakram Isroilov: - Albatta buni o'rganib chiqayapmiz va kamchiliklarni to'g'rilashga urinayapmiz. O'FF yangi rahbariyati ish boshlaganiga 15 kun bo'ldi.
-
Asqar Tolibjonov va Farhod Magometov kabi rahbarlar ishonchni oqlay
olishmadi. SHunday rahbarlar bilan ishlashga tayyormisiz? Asqar Tolibjonov
hozir ham lavozimdami?
- Savolingizga qisqa javob beramiz: O'FFda ishlagan 90 foiz odam almashadi. Yangi kadrlarni tanlov asosida tanlab olmoqchimiz.
-
Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashni yangi darajaga olib chiqa olasizmi?
Hozir kelishilgan o'yin bo'ldi desak nuqul isboting bormi deyishadi. Biz
miliciya emasmizku?
- Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashni yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bunga qarshi kurashuvchi yangi qo'mita ish boshlaydi. Qo'mita mustaqil ravishda qaror qabul qilish vakolatiga ega bo'ladi. Buning uchun maxsus shtat joriy etiladi.
- Yangi murabbiy borasida taklifim bor edi. Italiya yoki Germaniyadan mutaxassis taklif etishni ko'rib chiqishingizni so'rab qolamiz.
- Qanday takliflaringiz bo'lsa albatta kelinglar xursand bo'lamiz. Yaqinda Saudiya Arabistonida Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tdi. O'smirlarimiz saralashda o'ta olishmadi. Bunga nima sabab bo'ldi? Yaqin orada jurnalistlarni O'FFning o'zi xorijga olib chiqadi. Nasib qilsa yaqin orada musobaqalarni o'sha erdan turib xalqimizga etkazib borasizlar.
Rustam Qurbonov: -
Jurnalistlar bizning birinchi yordamchilarimiz hisoblanadi. Sizlarga
imkoniyatlarni yanada oshiramiz. Mana hozir Ashxabodda o'tayotgan musobaqada 6
nafar jurnalist olib ketilgan. Yopiq inshootlarda o'tadigan Osiyo
o'yinlariga bunchalik ko'p jurnalist bormagan.
- Saudiya Arabistonidagi Osiyo chempionati saralashida o'smirlarimiz muvaffaqiyatsiz ishtirok etishdi. Bunga ko'p sabablar ko'p. Terma jamoa delegaciyasi rahbari sifatida ingliz tilini bilmaydigan odamning Saudiya Arabistoniga ketganiga qanday qaraysiz?
Umid Ahmadjonov: -
To'g'ri aytdingiz, tushunmadim qanday qilib til bilmasdan xorijga
delegaciya rahbari bo'lib borish mumkin? U erda nima ish qiladi? O'FFda
shtatlarni keskin qisqartirib tashlaymiz. Masalan barcha terma jamoalardagi
adminstrator lavozimi bor ekan. Ular har oy maosh olishadi lekin yilda 10
kun ishlaydi. Dilshod Nuralievning arizasini oldik, ishdan ketdilar. Bu
erda katta ayb Nuralievda bo'lganini bilamiz. Bundan keyin bunday
holatlar takrorlanishiga yo'l qo'ymaymiz. Jurnalistlar bilan birga
ishlamasak bo'lmaydi. Sizda qandaydir taklif yoki reja bo'lsa albatta O'FFga
kelinglar matbuot xizmatimizga beringlar. Uni albatta ko'rib chiqamiz.
Oybek Kasimov: - Umid Mahmadjonovich O'FF prezidenti bo'lgach tunu kun futbolni qanday kuchaytirish borasida o'ylamoqdalar. Bu insonni juda yaxshi taniyman. Ishoning yaqin vaqt ichida O'FF yanada rivojlanadi. To'g'ri Mirabror Zufarovich davrida natija bo'lmadi, ammo umumiy olib qarasak ushbu inson O'FF rahbari bo'lgan davrda infratuzilma ancha kuchaytirildi. Umid qilamanki keyingi Jahon chempionatiga chiqamiz va barchamiz birgalikda bayram qilamiz.
-
2022 yilgi mundialga chiqish vazifasi qo'yildi. O'rtoqlik o'yinlarini
qoldirish borasida jahonda rekordchi bo'lsak kerak. Bu davlatimiz nufuziga
putur etmaydimi? O'rtoqlik o'yinlari borasida ishlagan xodimlar, masalan
SHerzod Egamberdiev o'z lavozimida qoladimi? Jurnalistlarni qishloqi degan
ham, haykal o'rnatamiz degan ham aynan shu inson bo'ladi. Eron bilan
o'yindan oldin Tailand bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazilganini ham,
Armanistonning qaysidir klubi bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazganini ham
xalqimiz boshidan kechirdi.
- Bu insonni hali qabul qilib uchrashmadim. SHtatni o'rganib chiqamiz va o'z lavozimiga noloyiq bo'lganlar bilan albatta xayrlashamiz.
Narzulla Saydullaev
Fikrlar
Келинни кеганда кур
Сепини ёйганда кур...
Холва диган билан огиз чучимиди
Зарпечакни даладан ут ёкиб кетказасан