So’nggi yangiliklar

10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0

29 noy 15:35
Yangiliklar

Futbol

O'FFning yangi logotipi xalq tomonidan tanlab olinadi

Teglar :  O'FF
“Digital Panda” brendi ostida faoliyat yurituvchi kompaniyasi O'zbekiston Futbol Federaciyasi bilan hamkorlikda mamlakatning barcha dizaynerlari uchun tanlov elon qiladi.

Dizaynerlar o'zlari tayyorlagan O'zbekiston Futbol Federaciyasining yangi logotipi eskizlarini jo'natishlari mumkin, g'olib esa ovoz berish yo'li orqali tanlanadi.

Zamon bilan hamnafas bo'lish uchun katta-katta tashkilotlar o'z logotiplarini o'zgartirib turishadi. Logotip – har bir tashkilotning yuzi hisoblanadi. Logotipda o'sha tashkilotning maqsadi, mazmuni, qadr-qimmati aks etishi kerak.

Tanlov 4 bosqichdan iborat bo'ladi: dizaynerlik ishlarini qabul qilish, Federaciyadagi mutaxassislar hayati tomonidan short-list uchun materiallarni tanlab olish, maxsus saytda elon qilish va muxlislar tomonidan berilgan ovozlar orqali g'olibni aniqlash.

Tanlovga kelgan eskizlar ichida eng yaxshilarini tanlab olish uchun barcha dizaynerlik ishlari saytga joylab boriladi. Muxlislar saytga kirib, ro'yxatdan o'tgan holda, o'zlariga yoqqan logotipga ovoz berishlari mumkin bo'ladi. Har bir muxlis bitta ovozga ega. Bu ovoz berish jarayonidagi shaffoflikni taminlashga xizmat qiladi.

Futbol yurtimizdagi eng sevimli sport turi. SHu sababli yangi logotip muxlislar tomonidan tanlanishi kerak. Bu tanlov yurtimizdagi barcha muxlislarni yanada jipslashtirishga xizmat qiladi.

“Digital Panda” Mail.ru Group kompaniyasining O'zbekistondagi eksklyuziv vakili hisoblanadi. “Digital Panda” kompaniyasining “Facebook” ijtimoiy tarmog'idagi manzili: https://www.facebook.com/digitalpanda.uz/

Tanlovda ishtirok etish uchun yangi logotip eskizlarini quyidagi manzilga jo'natishingiz mumkin: logo@ishtirok.uz

Batafsil malumot uchun quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin: +99871 231 80 80

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing