06 noy 07:35
Yangiliklar
Futbol

OFK kubogi-2016. “Al Quva Al Javiya” - chempion!
Nufuzi jihatidan so'ng Osiyo chempionlar ligasidan so'ng ikkinchi o'rinda zikr etiluvchi OFK Kubogida final uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Qatar poytaxti Doxa shahrida Iroqning “Al Quva Al Javiya” (“Eyr Fors Klab”) hamda Hindistonning “Bengaluru” klublari o'rtasidagi final o'yini taqdirini yagona gol hal qildi. Iroqliklar vakili Ahmadning 70-daqiqada urgan goli “Eyr Fors Klab”ga g'alaba keltirdi.
SHu tariqa, ushbu klub o'z tarixida ilk bor OFK kubogi sohibiga aylandi. Klub hujumchisi Hammadi Ahmad bu yilgi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi to'purari sovrinlarini qabul qilib oldi.
“Al Quva Al Javiya” – “Bengaluru” 1:0
Gol: H.Ahmad 70
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar