16 sen 06:31
Yangiliklar
Futbol
OFK Prezidenti Toshkentga etib keldi
O'zbekiston futbol associaciyasi taklifiga binoan Osiyo futbol konfederaciyasi Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O'zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.
Kecha tunda martabali mehmon yurtimizga etib keldi. Qita futbol uyushmasi rahbarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov hamda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'zaro ishonch va munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu tashrif davomida SHayx Salmon yurtimiz futbolidagi islohotlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishadi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar