16 dek 11:01
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston erkaklar terma jamoasi jahon chempionatini kuchli uchlikda yakunladi
Bahrayn poytaxti Manama shahri mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Dunyoning 92 mamlakatidan 500 nafarga yaqin atlet ishtirokida kechgan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor bo'lgani haqida malum qilgan edik.
Musobaqa yakunida yigitlarimiz medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz:
Oltin medallar:
-109 kg: Ruslan Nurudinov (siltab ko'tarish, jahon rekordi)
-109 kg: Ruslan Nurudinov (ikki kurash)
-109 kg: SHarofiddin Amriddinov (dast ko'tarish)
Kumush medal:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (dast ko'tarish)
Bronza medallar:
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (ikki kurash)
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov (dast ko'tarish)
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar