16 sen 07:52
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston kubogida jahon rekordi o'rnatildi
SHu kunlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida O'zbekiston kubogi o'tkazilmoqda.
Erkaklar o'rtasida -89 kg vazn toifasida g'oliblikni qo'lga kiritgan CHirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o'quvchisi Bekzodbek G'ofurjonov siltab ko'tarishda 194 kg natija qayd etdi.
Etiborlisi, G'ofurjonov bu orqali ushbu vazn toifasida misrlik Mahmud Hassan tomonidan 2022 yilda o'rnatilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon rekordini (193 kg) bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, Bekzodbek G'ofurjonov joriy yil Peru davlatida bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida dast ko'tarish mashqida bronza (141 kg), siltab ko'tarishda kumush (183 kg) va ikkikurash natijalariga ko'ra bronza (324 kg) medalni qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar