So’nggi yangiliklar

21:44"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров муҳим ғалабани қўлга киритди 0 21:09Расман: Ильгиз Танташев Жаҳон чемпионатида ишлайди! 0 19:05"Махачевнинг ижтимоий тармоғини юритадиган одам ёлғон гапиришни бас қилиши керак" - менежер 0 18:39Касадо "Барселона"дан кетиш ниятида 0 18:18"Махачевдан кейин мен бу спортни назоратга оламан" - Царукян 0 17:40Дана Уайт Махачевнинг гапларини рад этди 0 17:17Пакьяо Мейвезер билан реваншдан нималар кутаётганини айтди 0 16:40Файзуллаев ва бошқалар. Пролигада 1-турнинг энг яхшилари аниқланди 0 16:14Чимаев энг ақлли жангчи кимлиги ҳақидаги саволга жавоб берди — бу Жон Жонс эмас 0 15:39World Taekwondo Президенти Чунгвон Чои ЖЧ муносабати билан Ўзбекистонга келди 0 15:15Царукян нега ижтимоий тармоқларда фаоллашганини тушунтирди 0 14:42"Атлетико" 20 йиллик ноҳуш анаънага чек қўйди 0 14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0

16 fev 19:10
Yangiliklar

Og'ir atletika. Ikki nafar vakilamiz Osiyo chempioni bo'ldi

Teglar :  Og'ir atletika
Xabaringiz bor, poytaxtimiz og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur chempionat Tokio olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarni taqdim etadi. Biroz avval ayollar o'rtasida -71 va -76 kg vaznda kuchlilar saralandi. Quvonarlisi, -71 kgda yurtimiz sharafini himoya qilgan iqtidorli atletimiz Nigora Suvonova dast ko'tarishda 86 kg bilan kumush, siltab ko'tarishda 113 kg bilan oltin medal, ikki kurash yakuniga ko'ra 199 kg og'irlikni o'ziga bo'ysindirib yana bir oltin medalni qo'lga kiritdi va Osiyo chempioni bo'lishga erishdi. Yaponiyalik Sagava Runa dast ko'tarishda 87 kg og'irlikni ko'tarib birinchi o'rinni egalladi, siltab ko'tarishda 111, ikki mashqda 198 kg og'irlikni ko'targan holda kumush medallarga munosib deb topilgan bo'lsa, shohsupaning 3-o'rnini Suriya terma jamoasi azosi Merna Hasan (82+103=186) band etdi.


-76 kg vaznda hamyurtimiz Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 107 kg, siltab ko'tarishda birinchi urinishning o'zidayoq 123 kg og'irlikni zabt etib oltin medallarga ega chiqdi. Suriya vakilasi Janghili Mari ikki kurash yakuniga ko'ra(83+105=188) kumush medallarga ega bo'ldi. Dast ko'tarishda Xitoy Taipeyi vakilasi CHiu CHing Yi 81 kg bilan bronza medalga loyiq topilgan bo'lsa, siltab ko'tarish va ikki kurash natijasiga ko'ra qolgan ikkita bronza medal uning vatandoshi Pan YU-Ru (80+97=177 kg) ga nasib etdi.

Musobaqadan so'ng

"Qizlarimizning bugungi ishtirokidan xursandman. Nigora o'z vaznidagi eng yoshi bo'lishiga qaramay o'zini ko'rsatoldi. To'g'risini aytsam, undan oltin medal kutmagandim. Nigoraga bo'lgan ishonchim yanada ortdi. Tursunoyga keladigan bo'lsak, uning oldiga chempionlikni qo'ygandik va Tursunoy bu marrani zabt etdi. Har ikki qizimiz ham kelgusi musobaqalarda bu natijalarni yanada yaxshilashlariga ishonaman", - deydi chempionlar murabbiyi Bahrom Mendibaev.


"Hayotimdagi eng hayajonli daqiqalar. CHempion bo'lishimgacha bo'lgan yo'lda meni qo'llab-quvvatlagan, ishonch bildirgan ota-onam, ustozlarimdan minnatdorman. Musobaqaning o'z yurtimizda bo'layotgani, xalqimizning olqishlari bugungi yutug'imda muhim rol o'ynadi. SHu erga kelib bizga kuch berib turgan katta ustozimiz - Erkin bobo Karimovga alohida rahmat aytaman. Albatta, oldimizda kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati turibdi. Qozog'istonda ham munosib ishtirok etib Top-10ga kirishni maqsad qilganman", - deydi, shaxsiy rekordini yangilagan Tursunoy Jabborova.

SHunday qilib bugungi bellashuvlarda Turunoy Jabborova va Nigora Suvonova ham o'smirlar ham yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni nomiga sazovor bo'lishdi.

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
16 fev 21:27:21
Shohruh Lazizov
Barakalla qizla!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing