So’nggi yangiliklar

15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0 09:36Месси, Мбаппе, Ямаль, Родри, Беллингем FIFPro йил рамзий терма жамоасидан жой олди, Кейн ва Роналду эса йўқ! 0 09:05ATP рейтинги янгиланди. Биринчи ракеткамиз 40 поғонага пастлади. Рейтингда янги ўзбек! 0

13 avg 14:39
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika “Mustaqillik kubogi”da qaysi yulduzlar qatnashadi?

Teglar :  Og'ir atletika
Og'ir atletika olamida yurtimiz tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan “O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniriga bo'lgan qiziqish kundan kun ortib bormoqda.

28-30 avgust kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan musobaqada qatnashish istagini bildirayotgan davlatlar soni ham ortib bormoqda. Ayni paytda kelib, 27 mamlakatdan talabnomalar kelib tushgan. Ular orasida jahon miqyosida ko'zga ko'ringan yulduz atletlarni ham uchratish mumkin. Keling, avvalo, ishtirok uchun shu paytgacha rasmiy ro'yxatdan o'tgan mamlakatlarni sanab o'tsak:

Avstraliya
Ozarbayjon
Boliviya
Kanada
Xitoy
Kolumbiya
Ekvador
Gonduras
Qozog'iston
Kiribati
Saudiya Arabistoni
Qirg'iziston
Latviya
Nauru
Yangi Gvineya
Yangi Zelandiya
Nikaragua
Paragvay
Peru
Qatar
Ruminiya
Turkiya
Ukraina
Urugvay
AQSH
Venesuela
O'zbekiston

Musobaqada ishtirok etadigan eng mashhur xorijlik 5 sportchi:

#FISHMamlakatVazn toifaYoshiYutuqlari
1Zulfiya CHinshanloQozog'iston-55 kg273 karra jahon chempioni
2Li VenvenXitoy87+20Jahon chempioni
3Kan YueXitoy87+284 karra jahon chempionati sovridori
4Luis MoskeraKolumbiya-6725Rio-2016 sovrindori
5Dmitro CHumakUkraina-109302 karra jahon chempionati sovridori

Terma jamoamiz tarkibi:
-55 kg: Muattar Nabieva
-59 kg: Nigora Abdullaeva
-71 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-81 kg: Tursunoy Jabborova
-67 kg: Adhamjon Ergashev
-89 kg: Sarvar Zafarjonov
-102 kg: Farhod Sobirov
-109 kg: Akbar Jo'raev

Reglamentga ko'ra, musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan terma jamoalar 14 avgustgacha o'z talabnomalarini jo'natishlari mumkin. SHundan so'ng barcha vazn toifalari va musobaqa taqvimi, ishtirokchilar shakllantirib olinadi. Qayd etish joiz, bellashuvlarning boshlanish soati Toshkent vaqti bilan belgilanadi. Misol uchun, Toshkent vaqti bilan 14:00 ga belgilangan bahsda Lotin Amerikasi mamlakati vakillari o'zlarining vaqti bilan qatnashadi. Bunda ularda taxminan tungi 02:00 bo'ladi. SHunday noqulayliklar yuzaga kelsa ham, aytib o'tganimizdek, bo'lajak musobaqaga qiziqish ulkan va terma jamoalar ish talabnomalarini jo'natishda davom etmoqda.

Qayd etish joiz, hozirda mazkur turnirni “Sport” telekanalida jonli efirda namoyish qilish bo'yicha ish olib borilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing