20 iyu 11:22
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachilarimiz Olimpiada oldidan so'nggi yig'inga jo'nab ketishdi
Bugun tunda og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Tokio-2020 Olimpiadasi oldidan so'nggi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun Ukrainaning Kamenec-Podolskiy shahriga yo'l oldi.
Mazkur yig'in roppa-rosa 1 oyga mo'ljallangan bo'lib, 20 iyul kuni Tokio-2020 licenziatlari Adhamjon Ergashev, Akbar Jo'raev, Muattar Nabieva hamda Kumushxon Fayzullaeva murabbiylarimiz bilan Tokio shahriga yo'l olishadi. Qolgan vakillarimiz esa yana 1 haftalik mashg'ulotlardan so'ng 29 iyul kuni Toshkentga qaytib kelishadi.
Atletlarimiz Ukrainaga quyidagi tarkibda qo'l oldi:
Sportchilar:
Adhamjon Ergashev
Akbar Jo'raev
Sarvar Zafarjonov
Muhammadqodir Toshtemirov
Ruslan Nurudinov
Muattar Nabieva
Kumushxon Fayzullaeva
Tursunoy Jabborova
Murabbiylar:
Bahrom Mendiboev
Erjas Boltaev
Massajchi:
Obiddin Muslimov
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar