So’nggi yangiliklar

13:16Илгиз Танташев бугунги ўйиндаги ҳакамлиги учун 1 баҳо олди 0 12:41"Оқ уй эффекти". Жастин Гэтжи учун 3,6 миллион долларлик шартнома ҳақида маълум қилинди 0 11:57Ўзбекистон Кубоги. Иккинчи кун 8 та вазнда ғолиб ва совриндорлар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:31SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек блицда ҳам, умумий рўйхатда ҳам 2-ўринга кўтарилди! 0 10:55Мбаппе футбол тарихида ҳеч кимга насиб этмаган ЖЧ рекордини ўрнатди 0 10:26"У етарлича ақлли жангчи". Волкановски Макгрегор — Холлоуэй жанги ҳақида фикр билдирди 0 09:57Усикнинг Уайлдер билан жанги Дана Уайтнинг промоушенида ўтказилиши мумкин 0 09:33Тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи IBA Nomad 15 турнирида жанг қилди 0 18:24Гринвуд А Серияга йўл оладими? 0 17:57Дональд Трамп Оқ уйда Жастин Гэтжи ва унинг оиласини қабул қилди + ФОТО 0 17:22Нодирбек Абдусатторов — FIDE блиц рейтингида жаҳоннинг иккинчи шахматчиси! 0 16:56Забит жиддий жароҳат сабаб Рауль билан жанг қилмайди, унинг ўрнини укаси эгаллайди (ФОТО) 0 16:33Модрич "Милан" билан янги шартнома имзолашга яқин 0 16:02Макс Холлоуэй жанг олдидан Конор Макгрегорга мурожаат қилди 0 15:29SuperUnited Rapid & Blitz Croatia 2026. Нодирбек Абдусатторов рапид турнирини Топ-3`да якунлади 0

27 iyu 22:01
Yangiliklar

Futbol

Og'ir atletikachilarimiz onlayn mashg'ulotda o'z mahoratlarini namoyish qilishdi

Teglar :  Og'ir atletika
Bugun og'ir atletika bo'yicha terma jamoamiz vakillari uchun onlayn mashg'ulot bo'lib o'tdi.

Hozirda nafaqat Osiyo balki, jahonning etakchi terma jamoalari qatorida tilga olinadigan mazkur jamoamiz mashg'ulotini MOQ va O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi rahbariyati kuzatib bordi. Mashg'ulotda terma jamoamizning tajribali murabbiylari 12 nafar sportchimizning harakatlarini nazorat qilib borishdi.


Mashg'ulot davomida terma jamoamizda faoliyat olib borayotgan qozog'istonlik mutaxassis Erjas Boltaev har bir sportchimiz uchun individual yondashayotgani haqida takidlab o'tdi.

“Hozir barcha sport turlarida ilm-fan o'sib bormoqda. SHu jumladan, og'ir atletikada ham. Kechagi metodikani bugun butun boshli jamoaga bir xilda qo'llab bo'lmaydi. Har bir sportchi bilan alohida ishlash kerak. Bu orqali jamoadagi atletlarning kuchsiz jihatlarini birdek rivojlantirib borish mumkin”, – dedi Erjas Boltaev.



Og'ir atletikachilarimizning kuni kecha ilk bor tashkil qilingan onlayn xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishgani ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. Bugungi tadbir davomida polvonlarimizga yanada katta motivaciya berish maqsadida shu kabi onlayn musobaqalarni yanada ko'paytirish bo'yicha taklif va fikrlar bildirildi. Xususan, yaqin vaqt ichida O'zbekiston tomonining tashabbusi bilan katta masshtabdagi xalqaro onlayn musobaqani tashkil qilish ustida ish olib borilayotgani haqida takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing