09 iyu 16:42
Yangiliklar
Og'ir atletika, Parij-2024
Og'ir atletikachilarimiz Parij Olimpiadasi uchun so'nggi tayyorgarliklarni qaerda olib borishi malum bo'ldi
Og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi ham Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borish uchun xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'iniga jo'nab ketdi.
MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, yig'in Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkaziladi.
Mashg'ulotlar 5 avgustga qadar davom etadi. SHundan so'ng, sportchilarimiz Antaliyadan to'g'ri Parijga yo'l olishadi. Turkiya yig'iniga 6 nafar sportchi jalb qilingan.
Malumot o'rnida, og'ir atletikachilarimizdan Akbar Jo'raev, Rigina Adashbaeva va Tursunoy Jabborova Parij-2024 yo'llanmalariga ega chiqishgan. Mazkur sport turidagi bahslar 7-11 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar