07 jan 14:50
Yangiliklar
Tennis

Oklend (WTA). Devis faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi
Amerikalik tennischi Loren Devis faoliyatidagi ilk titulni qo'lga kiritdi.
23 yoshli Loren Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida o'tkazilgan turnirning hal qiluvchi final bahsida musobaqada 8-raqam ostida harakat xorvatiyalik Ana Konyuxni 6:3, 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Oklend turniridagi muvaffaqiyatli ishtirok dunyo reytingida 61-o'rinni egallab turgan amerikalik tennischiga 43 000 AQSH dollari hamda 280 reyting ochkosini taqdim etdi.
FINAL
Loren Devis (AQSH) - Ana Konyux (Xorvatiya, 8) – 6:3, 6:1
Havola :
Fikrlar