So’nggi yangiliklar

12:06Octagon 91: Суҳроббек Атажанов титул жангида қатнашмайди 0 11:32Жасур Яхшибоев салкам 3 йил деганда Суперлигада гол урди 0 10:50Махачев Гэррига қарши жангдан сўнг дисквалификация олди 0 10:09Таэквондочиларимиз "World Taekwondo Presidentʼs Cup" турнирини 9 та медал билан якунлашди 0 09:43UFC Noche турнирининг асосий жангида ўзгариш бўлди 0 09:16“Икки марта ўлимдан қолганман”. Германия терма жамоаси ҳужумчиси соғлиғидаги муаммолар ҳақида гапирди 0 08:44Валентина Шевченконинг қачон октагонга қайтиши маълум! 0 08:13Тошкент cузиш бўйича Жаҳон кубогини қабул қилишга тайёргарлик кўрмоқда 0 07:38Рамазон Темиров UFC'даги энг яхшиларни санади (ВИДЕО) 0 07:12"Галатасарой" Россия термаси футболчисини 25 миллион еврога сотиб олди 0 06:44Мовсар Евлоев чемпионлик жангидан кейин фаолиятини якунлаши мумкин 0 06:16Жаҳон чемпионатининг илк куниёқ 4 та медаль қўлга киритдик. Сирожиддинова - Жаҳон чемпиони! 0 19:12WBC президенти Фьюри — Жошуа жанги ҳақида фикр билдирди 0 18:42Аргентиналик мураббий "Нефтчи"дан кетди 0 18:18Сехудо Хабиб нега ММА тарихидаги энг буюк жангчилар қаторида бўлмаслиги кераклигини тушунтирди 0

16 okt 10:09
Yangiliklar

Gimnastika

Oksana CHusovitina: “Maqsadim – olimpiada chempionligi!”

Germaniyaning SHtutgart shahrida sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionati bahslari o'tkazilgani haqida xabar bergandik.

Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va biryo'la ikki atletimiz kelgusi yil Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qiladigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

Garchi vakillarimiz dunyo birinchiligida sovrindorlar qatoridan joy olisholmagan bo'lsa-da, olimpiada o'yinlariga licenziya beruvchi o'rinlardan joy ola bilishdi.

Bugun erta tongda hamyurtlarimiz O'zbekistonga qaytib keldilar va ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va O'zbekiston gimnastikafederaciyasi hamda ommaviy axborot vositalari hodimlari tomonidan kutib olindi.

“Garchi musobaqada g'olib bo'la olmagan bo'lsamda, o'z natijamdan hursand bo'ldim. CHunki men Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdim. Mening asosiy maqsadim Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiyada o'yinlarida g'olib bo'lish” – deydi Oksana CHusovitina.

SHu tariqa o'z nomini tarix zarvaraqlariga bitgan Oksana faoliyatida sakkizinchi bor Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bu esa o'zbek va jahon sporti tarixi uchun ulkan muvaffaqiyat demakdir. Reglamentga ko'ra, hamyurtlarimiz kelasi yil Tokio Olimpiadasida o'zlari istagan yo'nalishda ishtirok etishlari mumkin.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing