02 sen 11:55
Yangiliklar

Olimpiada-2024 chempioni Iman Xelif World Boxing tashkilotini sudga berdi
Olimpiya o'yinlarining ayollar o'rtasidagi 66 kg vazn toifasi chempioni World Boxing ustidan Sportiv arbitraj sudi (CAS)ga apellyaciya kiritdi. World Boxing bir muddat avval Xelifni gender testi sabab ertaga Angliyaning Liverpul shahrida boshlanadigan jahon chempionatida ishtirok etishiga ruxsat bermagandi.
Sud Imanning gender testi to'g'risidagi qoidaning amal qilishini sud majlisi boshlangunga qadar to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etgan. Xelif, shuningdek gender testi topshirishdan oldin World Boxing shafeligidagi turnirlarda ishtirok etish taqiqini olib tashlashni va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun ruxsat berishlarini talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, World Boxing tashkiloti bokschilarni ayollar va erkaklar o'rtasidagi musobaqalarga qo'yish uchun ular o'rtasida majburiy gender testini joriy etishini elon qilgan edi.
Fikrlar