So’nggi yangiliklar

21:42Zagreb Grand Prix 2026. Дзюдочиларимиз рақибларини билиб олишди 0 18:34Россия нашри РПЛда ўйнаган ўзбекистонлик футболчилардан рамзий терма жамоа тузди 0 18:03Расман! Исроил Мадримов ва Лазизбек Мулложонов Тошкентда жанг қилишади! 0 17:32Мураббий Шавкат Раҳмоновнинг қайтиш муддати ҳақида гапирди 0 17:01Сауль Альварес 2027 йилда қозоғистонлик боксчи билан жанг қилмоқчи 0 16:30Максим Шацких "Азия Талас" бош мураббийлигидан кетди 0 15:59World Boxing вице-президентлиги учун ўзбекистонлик Шоҳид Тиллабоевга кимлар рақобат кўрсатади? 0 15:28WBC рейтинги янгиланди: Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 14:57Боксчиларимиз "Zuffa"даги жанг олдидан медиа тадбирларда иштирок этишяпти (ФОТО) 0 14:26Лос-Анжелес-2028: Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Олимпиада саралашидаги рақиблари маълум 0 13:55Осиё Миллатлар кубоги. Ёш шахматчиларимиз ҳиндистонлик гроссмейстерларга муносиб қаршилик кўрсатишди 0 13:24Юнон-рум кураши бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди. Унда ММАчи Лазизхон Ўзбеков совриндор бўлди 0 12:53Бугун Ёшлар Олимпиадасидаги иштирокимиз якунланади 0 12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0

07 iyu 14:25
Yangiliklar

Kamondan otish, Parij-2024

Olimpiada sari: Tarixda ilk bor kamondan otish bahslarida qatnashamiz (Barcha tafsilotlar)

Franciya poytaxti Parij shahrida yozgi Olimpiya o'yinlari start olish arafasida.

Olamsport.com nashri shu munosabat bilan Parij-2024 Olimpiadasidagi o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid qiziqarli malumotlarni bo'lishib boradi.

Bu yilgi musobaqada tarixda ilk bor o'zbekistonlik sportchilar kamondan o'q otish bahslarida ishtirok etadi.

Bellashuvlarda ikki nafar hamyurtimiz — Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Ziyodaxon Abdusattorova 2023 yil noyabr oyida Tailandning Bangkok shahrida o'tkazilgan Osiyo licenzion turnirida yakkalik dasturida finalga qadar etib borib, to'rt yillikning eng muhim musobaqasi uchun yo'llanmaga ega chiqqan edi.

Musobaqadan keyin bergan interyusida Ziyodaxon u uchun barcha uzilgan o'qlar muhim ekani, o'q uzishdan oldin xayoli faqatgina 10 ochkoni ko'zlashda bo'lishini aytib o'tgan edi.

Olimpiadada Abdusattorova ishtirok etadigan ayollar o'rtasidagi individual bahslar 25 iyul kunidan start oladi. Bellashuvlarda umumiy 64 nafar sportchi g'oliblik uchun kurash olib boradi. Ular dastlab, reyting bahslarini o'tkazishadi. SHundan so'ng, 4 avgust sanasidan boshlab, asosiy bellashuvlar boshlanadi.

Amirxon Sodiqov qatnashadigan erkaklar o'rtasidagi yakkalik dasturida ham huddi shunday holat. Ayollar o'rtasidagi yakkalik bellashuvlariga 3 avgust, erkaklar bahslariga 4 avgust kuni yakun yasaladi. 

Bundan tashqari, Ziyodaxon va Amirxon mikst dasturida ham chiqish qiladi. Ushbu dasturdagi o'yinlar 2 avgust kuni o'tkaziladi. 

Malumot uchun, kamondan o'q otish bahslarida eng ko'p licenziyalar Xitoy, Xitoy Taypeyi, Franciya (mezbonlik huquqi tufayli), Buyuk Britaniya, Hindiston, Meksika, Koreya Respublikasiga nasib etgan (6).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing