So’nggi yangiliklar

12:53Нурсултон Рўзибоев Жон Жонс билан учрашди (ФОТО) 0 12:32Мераб Двалишвили: "Доғистонга бормоқчиман" 0 12:11Богдан Гусков: "Бизнес нуқтаи назаридан у UFC учун қизиқ эмас" 0 11:50Жорий мавсум АПЛни тарк этган илк жамоа маълум 0 11:29Леннокс Льюис Итауманинг Усикка қарши жанг учун имкониятларини баҳолади 0 11:08Стрикленднинг мураббийи Чимаевга қарши жанг режасини очиқлади 0 10:47Нурмагомедов Тошкентда меҳмон бўлди (ФОТО) 0 10:26Элит ОЧЛ. "Ал-Аҳли" "Висел Кобе"ни мағлуб этиб, финалга чиқди 0 10:05Богдан Гусков UFC юлдузи билан жанг қилиш ниятида 0 09:43Байдарка ва каноэчиларимиз катта таркибда Осиё чемпионатида қатнашади 0 09:20Қозоғистон Жаҳон кубогининг илк кунидаёқ иккита мағлубиятни қабул қилди 0 08:56Ламин Ямаль навбатдаги совринини қўлга киритди 0 08:35Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги бўйича музокара бошланди 0 08:14Фабиано Каруана ўзбек шахматининг "олтин авлоди" ҳақида гапирди 0 07:532026 Oeiras Ladies Open. Кудерметова асосий даврага йўл олди 0

14 dek 08:28
Yangiliklar

SHaxmat

Olimpiada. SHaxmatchilarimiz Belarusni mag'lub etib, 3-o'ringa ko'tarilishdi

Hindistonning Ahmadobod shahrida shaxmat bo'yicha 16 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasida Butunjahon SHaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Mazkur Olimpiadada O'zbekiston terma jamoasi sharafini 5 nafar shaxmatchimiz - Osiyo chempioni Nodirbek Yoqubboev, SHamsiddin Vohidov, Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori Saidakbar Saydaliev, Sitora Saparova hamda Daler Vohidov himoya qilyapti.

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Janubiy Afrika Respublikasi hamda Argentina terma jamoalarini mos ravishda 4:0, 2,5:1,5 hisobida mag'lub etib, eronlik shaxmatchilar bilan durang (2:2) o'ynagandi.


Kecha hamyurtlarimiz Belarus terma jamoasi shaxmatchilaridan 3:1 hisobida ustun kelib, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib olishdi. Nodirbek Yoqubboev va Daler Vohidov raqiblaridan ustun kelishdi. SHamsiddin Vohidov va Saidakbar Saydaliev esa durang qayd etishdi.

Bugun shaxmatchilarimiz uchinchi raqam ostida saralangan Rossiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. To'rtinchi turdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rinni egallab turibdi. Ikkinchi o'rindagi Eronda ham biz kabi 11,5 ochko bor. To'rtta uchrashuvda yuz foizlik natija ko'rsatgan Rossiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

O'zbekiston - Belarus 3:1

IM Yoqubboev Nodirbek (2448) - FM Zarubickiy Vyacheslav (2330) 1-0

WIM Badelka Olga (2388) - IM Vohidov SHamsiddin (2412) ½ - ½

Saydaliev Saidakbar ((2362) - Ivannikau Maksim (2221) ½ - ½

Kotau Arseniy (2145) - Vohidov Daler (2250) 0-1

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing