13 mar 20:24
Yangiliklar
Boks/MMA
Olimpiadaga licenziya olgan o'zbek bokschilari Toshkentda qanday kutib olindi? (FOTO)
Xabaringiz bor, 3-11 mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga licenziya taqdim etuvchi musobaqa bo'lib o'tdi.
Ushbu turnir yakuniga ko'ra o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari 7 ta licenziya qo'lga kiritshdi. O'zbekiston erkaklar terma jamoasi esa medallar sifati bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi.
Bokschilarimiz bugun yurtimizga qaytib kelishdi. Ular Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Tadbirda O'zbekiston MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Bosh kotib Oybek Kasimov, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov, MOQ va O'zbekiston boks federaciyasi mutasaddilari, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Etiboringizga kutib olish marosimidan suratlarni taqdim etamiz.
Suratlar muallifi: Aziz To'xtamurodov
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar