So’nggi yangiliklar

10:36Aktau Asian Open 2026 турнирини 13 та медаль билан якунладик 0 10:05"Овчи"нинг UFC`даги жанги яна бекор қилинди 0 09:34WTA Ningbo Open. Камилла Раҳимова ҳам асосий тўрга йўл олди 0 09:03Sofascore. Шомуродов кечаги учрашув учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 08:32Дана Уайт Хоакин Баклининг қўл беришдан бош тортгани ҳақида: "Уни ҳайдашни айтдим" 0 08:01Жаҳон чемпионатида илк йўқотиш. Ҳакамлар мексикаликнинг ғалабасини таъминлашди 0 19:56"Бировнинг нарсаси керак эмас, ўзимникини эса бермайман!" Пётр Ян Двалишвили билан трилогияга тайёргарликни якунлади 0 19:25Моуриньо: "Реал" таркиби мени тўлиқ қониқтиради" 0 18:54ММА ҳамжамиятининг Мэлотт - Бакли жангидаги нокаутга муносабати: "Капа олти метр нарига учиб кетди" 0 18:23Ўзбекистон 2027 йилги Жаҳон кубоклари учун иккита йўлланмага эга бўлди! 0 17:52UFC Fight Night 291 турнири нокаутлар бўйича Лига рекордини такрорлади 0 17:21Лионель Месси бугунги ўйинда қайд этган дублига муносабат билдирди 0 16:50Умар Кремлёв: "Боксчилар ҳеч нарсага муҳтож бўлмасликлари учун шароит қиламиз" 0 16:19RCC x Karate Combat: Хамзин Космони енгди, "Белаз" Дуглас Лимани бўғиб қўйди 0 15:48Бакли Мэлоттдан қабул қилиб олган бугунги нокаутли мағлубияти ҳақида гапирди 0

24 iyu 11:42
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

OLIMPIADAGACHA. Afinadagi Olimpiada O'zbekiston uchun qanday o'tgan? (Mutolaa uchun)

O'zbekiston 2004 yil 13 avgustdan 29 avgustga qadar Greciyaning Afina shahrida bo'lib o'tgan Olimpiadada ishtirok etgan.

Delegaciyamiz vakillari 15 ta sport turidan 69 nafar sportchi (51 nafar erkak, 18 nafar ayol) bilan o'yinlarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Qaysi sport turidan necha nafar sportchi ishtirok etgan? 

Boks - 9 nafar 

Erkin kurash - 5 nafar 

Yunon-rum kurashi - 2 nafar 

Sport gimnastikasi - 1 nafar 

Baydarka va kanoeda eshkak eshish - 7 nafar 

Akademik eshkak eshish - 4 nafar 

Dzyudo - 6 nafar 

Engil atletika - 10 nafar

Suzish - 15 nafar 

O'q otish - 2 nafar 

Og'ir atletika - 3 nafar 

Stol tennis - 1 nafar 

Tramplindan sakrash - 1 nafar

Velosport - 1 nafar 

Taekvondo - 2 nafar.

Sovrindorlar 

O'zbekiston ushbu Olimpiya o'yinlarida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 bronza medalni qo'lga kiritgan. Erkin kurash bo'yicha og'ir vaznda Artur Taymazov hamda yunon-rum kurashidan 74 kg vaznda Aleksandr Dokturishvili oltin medalga ega chiqqan. SHuningdek, yana bir kurashchimiz Magomed Ibragimov 96 kg vaznda finalga qadar etib borib, yakunda kumush medalni o'ziniki qilgan. Ikki bronza medal bo'lsa bokschilarimiz O'tkirbek Haydarov va Bahodirjon Sultonov tomonidan taqdim etilgan. 

O'zbekiston ushbu natija bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 35-o'rinni band etgan. Reytingning birinchi pog'onasini AQSH (36 ta oltin, 39 ta kumush, 26 ta bronza), ikkinchi o'rnini Xitoy (32 ta oltin, 17 ta kumush, 14 ta bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka esa Rossiya (25 ta oltin, 25 ta kumush, 38 ta bronza) yakun yasagan.

Greciyada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 201 ta mamlakatdan 10625 nafar sportchilar 37 ta sport turi bo'yicha ishtirok etgan.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing