So’nggi yangiliklar

08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0

27 iyu 12:00
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

OLIMPIADAGACHA. Riodagi Olimpiada O'zbekiston uchun qanday o'tgan?

O'zbekiston 2016 yil 5 avgustdan 22 avgustga qadar Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida bo'lib o'tgan Olimpiadada ishtirok etgan.

Delegaciyamiz vakillari 13 ta sport turidan 70 nafar sportchi (48 nafar erkak, 22 nafar ayol) bilan o'yinlarda O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Qaysi sport turidan necha nafar sportchi ishtirok etgan? 

Boks - 11 nafar 

Erkin kurash - 4 nafar 

Yunon-rum kurashi - 4 nafar 

Sport gimnastikasi - 2 nafar 

Akademik eshkak eshish - 1 nafar 

Baydarka kanoeda eshkak eshish - 4 nafar

Dzyudo - 8 nafar 

Engil atletika - 16 nafar

Suzish - 2 nafar 

O'q otish - 1 nafar 

Og'ir atletika - 5 nafar 

Trampolin - 1 nafar

Velosport - 2 nafar 

Taekvondo - 3 nafar

Tennis - 1 nafar 

Stol tennisi - 1 nafar 

Badiiy gimnastika - 6 nafar 

Sovrindorlar 

O'zbekiston ushbu Olimpiya o'yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo'lga kiritgan. Og'ir atletika bo'yicha 105 kg vazn toifasida Ruslan Nurudinov Olimpiada rekordini o'rnatgan holda oltin medalga sazovor bo'lgan. Boks bo'yicha 49 kgda Hasanboy Do'smatov, 52 kgda SHahobiddin Zoirov, 64 kgda Fazliddin G'oibnazarovlar ham to'rt yillikning eng nufuzli turnirida oltin medalga ega chiqqan. Boks bo'yicha 69 kg vaznda SHahram G'iyosov va 75 kg vaznda Bektemir Meliqo'zievlar finalga qadar etib borib, yakunda kumush medal bilan kifoyalangan. Boks bo'yicha 56 kgda Murodjon Ahmadaliev hamda 91 kgda Rustam To'laganovlar esa bronza medalini o'ziniki qilgan. SHuningdek, dzyudo bo'yicha 66 kgda Rishod Sobirov ketma-ket 3-marotaba Olimpiya o'yinlarida bronza medaliga erishgan. Yana dzyudo bo'yicha 60 kgda Diyorbek O'rozboev ham musobaqaning bronza medaliga sazovor bo'lgan. Erkin kurash bo'yicha 65 kgda Ixtiyor Navro'zov va 97 kgda Magomed Ibragimovlar ham bronza medalni o'z nomlariga yozdirib qo'ygan. Yunon-rum kurashchimiz Elmurot Tasmuradov ham Rioda sovrindorlar qatoridan joy olgandi.  

O'zbekiston ushbu natija bilan medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida 21-o'rinni band etgan va bu yurtimizning Olimpiya o'yinlari tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Reytingning birinchi pog'onasini AQSH (46 ta oltin, 37 ta kumush, 38 ta bronza), ikkinchi o'rnini Buyuk Britaniya (27 ta oltin, 23 ta kumush, 17 ta bronza) egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka esa Xitoy (26 ta oltin, 18 ta kumush, 26 ta bronza) yakun yasagan.

Braziliyada bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlarida 207 ta mamlakatdan 11238 nafar sportchilar 28 ta sport turi bo'yicha musobaqalarda ishtirok etgan.

Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing