So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

14 jan 11:33
Yangiliklar

Dzyudo

Olimpiadalarda o'zbek sportchilariga mag'lub bo'lgan mashhurlar

Olimpiya o'yinlarida o'zbekistonlik atletlarga mag'lub bo'lib, musobaqani ko'ngildagidek yakunlay olmagan sportchilar haqida hikoya qilishda davom etamiz.

Bu gal etiboringizni yana dzyudo bahslariga qaratamiz.

London-2012 yozgi Olimpiya o'yinlari. Dzyudo bo'yicha -60 kg vazn toifasi chorak final juftliklarining birida Rishod Sobirov hamda braziliyalik Felipe Kitadai to'qnash kelishdi. SHubhasiz, o'sha kuni raqibidan kuchliroq bo'lgan Sobirov ippon bahosi bilan yarim finalga yo'l oldi. Biroq hamyurtimiz final ostonasida imkoniyatni boy berib, yakunda bronza medaliga ega chiqdi. Qizig'i, dzyudo qoidalariga ko'ra, chorak finalda engilgan sportchi ham shohsupaga ko'tarilish imkoniyatini saqlab qoladi. Bundan unumli foydalangan Kitadaiga ikkinchi bronza medali nasib etdi.

Rio-2016 yozgi Olimpiya o'yinlari. Jahon chempionatining kumush medali sohibi Kitadai o'z yurtida o'tgan Olimpiya o'yinlarida medallarga asosiy davogarlardan biri sifatida etirof etildi. Biroq bu gal ham chorak finalda imkoniyatni boy berdi. Bronza medali uchun o'tish bosqichida esa 22 yoshli Diyorbek O'rozboev uning yo'liga to'g'anoq bo'ldi. Muxlislari ko'z o'ngida mag'lub bo'lgan Felipe ettinchi o'rin bilan cheklandi. Diyorbek esa yakunda shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy oldi. Bu braziliyalik dzyudochining Olimpiadalardagi so'nggi ishtiroki bo'lib qoldi.

SHu tariqa, Rishod Sobirov Braziliya dzyudosining taniqli nomlaridan birini London-2012 yozgi Olimpiya o'yinlarida oltin medaldan mosuvo qilgan bo'lsa, Diyorbek O'rozboev Rioda butunlay medalsiz qoldirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing