So’nggi yangiliklar

12:19WBC рейтинги: 11 нафар боксчимизнинг рейтинги қандай? 0 11:53Варди фаолиятини Бразилияда давом эттириши мумкин 0 11:29Жанибек Алимханули WBO камари учун даъвогарга айланди 0 10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0

25 avg 17:14
Yangiliklar

Boshqalar

Olimpiya o'yinlari tarixidan qiziqarli faktlar

Teglar :  Olimpiya o'yinlari
Eng munosib Olimpiadachi miloddan avvalgi 520 yillar atrofida yashagan yunon atleti Milon Krotonskiy hisoblanadi.

Afsonaviy kurashchi olti marta Olimpiya o'yinlarida g'olib bo'lgan. Bu degani Milonga 24 yil davomida teng keladigan polvon topilmagan.

Deyarli barcha yunonlar suzishga qodir bo'lishiga qaramay, bu sport hech qachon qadimgi Yunonistonning Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilmagan. Darvoqe, marafon ham qadimgi Olimpiya o'yinlari dasturida yo'q edi. Engil atletikaning bu eng og'ir turi faqat 1896 yilgi zamonaviy Olimpiya o'yinlari dasturida paydo bo'ldi.

1901 yilda Antikifer oroli yaqinida shu orol nomi berilgan qadimiy mexanik qurilma topildi. Uning nima maqsadda ishlatilishini aniqlash bo'yicha bir qancha urinishlar bo'ldi va oxir-oqibat olimlar bunga muvaffaq bo'lishdi. Yani qurilma sayyoralar va yulduzlarning holatini hisoblay oladigan, oy va quyosh tutilishlarini oldindan aytib beradigan murakkab mexanik kalkulyator ekanligi aniqlandi. Ushbu mexanizmning asosiy maqsadi Olimpiya o'yinlari sanasini hisoblashdir.

Eng ommaviy qishki Olimpiada o'yinlari 2006 yil Turin shahrida bo'lib o'tgan. Mazkur Olimpiada 80 ta mamlakatning 2508 sportchilari qatnashib, kuch sinashgan. Ushbu qishki o'yinlarda Efiopiya va Madagaskar mamlakatlari vakillari ilk marotaba ishtirok etishgan.

MOQ Axborot-tahlil departamenti
bosh mutaxassisi SH.Nazarov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing