So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

01 may 11:17
Yangiliklar

Boshqalar

Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchi qo'shimcha 50 million so'm bilan mukofotlandi

Teglar :  Mo'minjon Abdullaev
Yunon-rum kurashchimiz, Samarqand viloyati Bulung'ur tumanida tug'ilib o'sgan mahoratli sportchi Mo'minjon Abdullaev licenzion turnirda oltin medalni qo'lga kiritib, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgandi.

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi. Mazkur tadbirda Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlari licenzianti 50 million so'mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

SHuningdek, tadbirda yaqinda Polshaning Kelce shahrida o'tkazilgan boks bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan sportchi qizlarimiz, oltin medal sohibasi Nigina O'ktamova hamda bronza medali sovrindori Sitora Turdibekova, qolaversa sportchilarning murabbiylari ham mukofotlanishdi.

Biroz avval Niginaga ikki xonali uyning boshlang'ich to'lovi to'lab berilgani haqida xabar bergandik. Sitora Turdibekova 25 million so'm pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg'a bilan rag'batlantirildi.

Samarqand viloyati hokimi tomonidan mukofotlangan sportchi va trenerlar ro'yxati:

Abdullaev Mo'minjon Rustamovich – yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi,

Uning treneri – Mamatqulov SHarof Abduvaxopovich,

O'ktamova Nigina Jasur qizi – boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi,

Uning treneri – Xudoyqulov Azim Hamidovich,

Turdibekova Sitora SHavkat qizi – boks bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosi,

Uning treneri – Narziqulov SHarif Tohirovich.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing