19 avg 00:24
Yangiliklar
Oliy liga. 19-tur. “Metallurg”, “Lokomotiv”, “Qizilqum”da g'alaba
Etiborlisi, uchchala uchrashuvda ham maydon egalari raqib darvozasiga 4tadan to'p kiritishdi. CHempionlik uchun asosiy davogar xisoblangan Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'z maydonida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasini 4:1 hisobida engdi.
Bekobodda kechgan poytaxt viloyati derbisida “Metallurg” “Olmaliq” jamoasidan 4:2 hisobida ustun keldi. “Qizilqum” esa o'z muxlislari ko'z o'ngida oliy liga debyutanti Toshkentning “Obod” jamoasidan 4:1 hisobida ustun keldi.
“Metallurg” (Bekobod) – “Olmaliq” (Olmaliq) 4:2
Gollar: Temur Usmonov 17, - 0:1, Jahongir Abdumo'minov 37, - 1:1, Zohid Abdullaev 42, - 2:1, Zohid Abdullaev 45+1, - 3:1, Ergash Ismoilov 89, - 4:1. Mo'ydin Mamazulumov 90, - 4:2
“Lokomotiv” (Toshkent) – “So'g'diyona” (Jizzax) 4:1
Gollar: Sardor Mirzaev 3, - 1:0, Temurxo'ja Abduxoliqov 26, - 2:0, Sanjar SHoahmedov 61, - 3:0, Sanjar Rashidov 69, - 3:1, Temurxo'ja Abduxoliqov 86 penalti, - 4:1.
“Qizilqum” (Navoiy) – “Obod” (Toshkent) 4:1
Gollar: Georgiy Kvesieshvili 12, - 1:0, Nemanya Yovanovich 31, - 2:0, Vohid SHodiev 63, Jasur Hasanov 70, - 4:0, SHoxruz Norxonov 90+2, - 4:1.
CHetlatish: Erkin Boydullaev 86 (“Qizilqum”, ikkinchi sariq evaziga)
Fikrlar