18 okt 19:46
Yangiliklar

Oliy liga. 20-tur qoldirilgan o'yinlar. “Lokomotiv” va “Bunyodkor”da g'alaba
CHempionlik sari dadil yaqinlashib kelayotgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi Muborakda “Mashal” jamoasi mehmoni bo'lib, yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. Temurxo'ja Abduxoliqov uchrashuvda xet-trik muallifiga aylandi. Yana bir gol Sanjar SHoahmedov hisobiga yozildi.
“Temiryo'lchilar”ni taqib etishda davom etayotgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmonda mavsum omadsizlaridan biri “Olmaliq”ni 2:0 hisobida engdi. Har ikkala golga Minori Sato mualliflik qildi.
20-tur uchrashuvlari. 18 oktyabr (seshanba)
“Mashal” (Muborak) – “Lokomotiv” (Toshkent) 0:4
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov 17, - 0:1. Sanjar SHoahmedov 40, - 0:2, Temurxo'ja Abduxoliqov 67, - 0:3. Temurxo'ja Abduxoliqov 79, - 0:4.
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Bunyodkor” (Toshkent) 0:2
Gollar: Sato Minori 32, - 0:1, Sato Minori 39, - 0:2.
Fikrlar