So’nggi yangiliklar

18:21Ўзбекистоннинг Осиё ўйинларидаги 70 та медали учун жами қанча мукофот пули тўланади? 0 17:15Фабио Каннаваро: "Терма жамоада соғлом рақобат бўлиши керак" 0 16:39Теннисчи Александра Бармичева J200 Истанбул турнирида чемпион бўлди 0 15:57UFC 335 турнирининг марказий жанги BMF камари учун бўлиб ўтади (ПОСТЕР) 0 15:16Президент Шавкат Мирзиёев Осиё ўйинларида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларни табриклади 0 13:01Brisbane-2032 Олимпиадасининг какаду қушидан илҳомланган логотипи расман тақдим этилди (ФОТО) 0 12:02Осиё ўйинлари: Хитой матбуоти ўйиндан сўнг Ўзбекистон терма жамоаси ходими Чжан Юнингни бўғиб олганини таъкидламоқда 0 11:07Алекс Перейранинг кейинги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 10:00Осиё ўйинларида бешинчи бўлган Ўзбекистон делегацияси Тошкентда кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 10:23Осиё ўйинлари-2026. Якуний медаллар рейтинги маълум бўлди (ТОП-20) 0 09:58Самбо. Жаҳон чемпионатининг иккинчи кунида 5 та медаль! 0 09:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Жанубий Кореяга етиб борди 0 17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0

20 dek 13:15
Yangiliklar

Futbol

Oliy liga-2017. Yangi mavsumga qura tashlandi

Bugun O'FF matbuot anjumanlari zalida 2017 yilgi oliy liga bahslariga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirni Farhod Magametov kirish so'zi bilan ochib berdi.

“Barchani yangi yil bilan tabriklayman. Yangi yil barchaga omadli kelsin. Qisqa tarzda yakunlangan mavsum haqida to'xtalib o'tamiz va yangi mavsum haqida malumotlar beramiz.

Afsuski, bugungi kunga qadar bironta klub PFLga taklif bilan chiqqani yo'q. Bu mavsumda “Andijon” oxirgi o'rinni oldi va keyingi yil birinchi ligada o'ynaydi. “Navbahor” esa oliy ligada qolish uchun bahsda “Norin”ni mag'lub etib, elitada qolishga erishdi.

22ta gol urgan Temurxo'ja Abduxoliqov oliy liga to'purari bo'ldi. 2016 yilgi mavsumda 10 mamlakatdan kelgan 51 nafar legioner ro'yxatdan o'tkazildi. Yil boshida O'zbekiston Superkubogi bahsi o'tkazilgandi. Unda “Nasaf” o'z tarixida ilk bor Superkubok sohibi bo'ldi.

“Lokomotiv” esa bu yil ham chempion, ham kubok sohibiga aylandi. Afsuski, tomoshabinlar tashrifi o'tgan yilgidan kamaydi. Bundan tashqari, turli sabablarga ko'ra PFL taqvimida ko'plab o'zgarishlar sodir bo'ldi.

Bunga etarli sabablar bo'lgan edi. Biz ham taqvim o'zgarmasligi tarafdorimiz. Ammo xalqaro o'yinlar tufayli o'zgarishlarga majbur bo'ldik.

O'FF prezidenti yordamida ikkita yangi kubok olib kelindi. Ulardan biri O'zbekiston chempioniga, ikkinchisi O'zbekiston kubogi sohibiga topshiriladi. Ular endi doimiy ravishda g'oliblarga topshiriladi. Ikkala kubok ham qimmat metallardan yasalgan.

Yakunlangan mavsumda G'uzorning “SHo'rtan” klubi tushib qolgan vaziyatni barcha bilsa kerak. Legionerga maoshini bermagani uchun FIFA bizga klubdan 3 ochko olib tashlashni talab qildi. Biz shunday qildik ham. Yakunda nima bo'ldi? “SHo'rtan” ham 3 ochkodan ayrildi, ham o'sha pulni baribir to'lab berdi.

Oliy liga. 4-5 mart. 1-tur

"Mashal" - "Lokomotiv"

"Buxoro" - "Olmaliq"

"Bunyodkor" - "So'g'diyona"

"Paxtakor" - "Qizilqum"

"Qo'qon-1912" - "Nasaf"

"Metallurg" - "Dinamo"

"SHo'rtan" – "Neftchi"

"Navbahor" – "Obod"


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing