23 noy 11:40
Yangiliklar

Oliy liga. Bugun mavsumning so'nggi 3ta o'yini bo'lib o'tadi
“Buxoro” o'z uyida “SHo'rtan”ni qabul qiladi. Bronza medali sohibi “Nasaf” Qashqadaryo viloyati derbisida “Mashal” bilan bellashadi. Yangi chempion “Lokomotiv” klubi Toshkent derbisida vice-chempion “Bunyodkor” mehmoni bo'ladi.
Bugungi o'yinlar bir xil vaqtda, soat 14:00da boshlanadi. Sovrindorlar ham, oliy ligani tark etgan jamoa ham malum bo'lgani bois, o'yinlarga bo'lgan qiziqish yuqori emas.
23 noyabr (chorshanba)
14:00 – “Buxoro” (Buxoro) – “SHo'rtan” (G'uzor)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), I. Ibragimov (Nukus)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.
14:00 – “Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), O. Jumaev (Navoiy), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)
O'zPFL vakili: A. Frolov.
14:00 – “Bunyodkor” (Toshkent) – “Lokomotiv” (Toshkent)
Hakamlar: SH. Qosimov (Toshkent), X. SHodmonov (Buxoro), V. Lushin (Guliston), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).
O'zPFL vakili: S. Rizaev.
Fikrlar