17 may 22:31
Yangiliklar
![](/upload/storage/12759_220.jpg)
Oliy liga. Bugungi har ikki markaziy o'yinda kuchlar teng keldi
Etiborlisi, har ikkala o'yin ham bir xil 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Poytaxt derbisida "Bunyodkor" hamshahri "Paxtakor"ni qabul qildi va g'alabani qo'ldan chiqardi.
Mavsum kashfiyotiga aylangan "Qo'qon-1912" jamoasi o'z maydonida amaldagi chempion "Lokomotiv" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Marat Bikmaev "temiryo'lchilar"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
"BUNYODKOR" - "PAXTAKOR" - 1:1 (1:0)
17 may. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 2123 tomoshabin.
"Bunyodkor": Zuhurov, Komilov, Ashurmatov, SHukurov, Ahmadaliev, Ibrohimov, Qosimov (To'xtasinov, 61), Umirov, SHomurodov (Ikromov, 90+2), Hamdamov, Nurmatov (Esonqulov, 76).
"Paxtakor": Lobanov, Andreev, Oraxovac, Tojiev, Hoshimov, Ismatullaev, A.Ahmedov (Bulyat, 80), Ibrohimov (Nurullaev, 59), Kozak, Karimov (Hakimov, 65), Sergeev.
Gollar: Hamdamov, 11 - 1:0. Andreev, 71 - 1:1.
Hakamlar: H.Ro'ziev, O.Abduvosilov, S.SHoyusupov.
Ogohlantirishlar: Tojiev, 45+1. Komilov, 61. Oraxovac, 82.
Fikrlar