05 mar 10:50
Yangiliklar

Oliy liga. Dastlabki turda Ravshan Ermatov 10 ball oldi
Qo'qonda o'tgan "qo'qon-1912" - "Nasaf" uchrashuvida ishlagan FIFA referisi Ravshan Ermatov nazoratchi tomonidan 10 ball bilan baholangan. So'nggi 10 yil ichida oliy ligada hech bir hakam bunchalik yuqori ball olmagan edi.
Dastlabki turda ikki hakam eng kam ball oldi. "Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvi hakami Dmitriy Pislegin va "navbahor" - "Obod" o'yinida ishlagan Hasan Ro'ziev 8,2 ball olishgan.
Oliy liga-2017
1-tur. 3 mart (juma)
Mashal (Muborak) – Lokomotiv (Toshkent) – 0:1.
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro) – 8,5
Paxtakor (Toshkent) – Qizilqum (Navoiy) – 3:1.
Bosh hakam: SHerzod Qosimov (Toshkent) -8,6
Metallurg (Bekobod) – Dinamo (Samarqand) - 0:2.
Bosh hakam: Dmitriy Pislegin (Toshkent) – 8,2
4 mart (shanba)
SHo'rtan (G'uzor) – Neftchi (Farg'ona) – 1:0.
Bosh hakam: Vladislav Ceytlin (Toshkent) – 9,0
Navbahor (Namangan) – Obod (Toshkent) – 2:1.
Bosh hakam: Hasan Ro'ziev (Toshkent) - 8,2
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Nasaf (Qarshi) – 1:2.
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent) – 10,0
Buxoro (Buxoro) – Olmaliq (Olmaliq) – 1:0.
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent) – 9,0
Bunyodkor (Toshkent) – So'g'diyona (Jizzax) – 1:0.
Bosh hakam: Olim Tolibjonov (Toshkent) – 8,4
Fikrlar