04 noy 20:12
Yangiliklar
Oliy liga. Peshqadam va taqibchi o'rtasidagi farq 5 ochkoga qisqardi
"Olmaliq" o'z maydonida autsayderlar qatoridagi "SHo'rtan"ni mag'lub etdi - 3:1. "Metallurg" Qarshida "Nasaf"ga qarshilik qila olmadi - 0:2. Buxorodagi shiddatli bahsda tomonlar jangovor durang qayd etishdi - 2:2. "Qizilqum" o'z muxlislari qarshisida "Dinamo"ni taslim etdi - 1:0.
Bugungi g'alabadan so'ng "Nasaf" peshqadam "Lokomotiv" bilan o'rtadagi ochkolar farqini beshtagacha qisqartirib oldi.
Oliy Liga, 27-tur
“Olmaliq” (Olmaliq) – “SHo'rtan” (G'uzor) 3:1
Gollar: Zafar Polvonov 3, - 1:0. SHoxnazar Norbekov 21, - 2:0. G'ulom Haydar G'ulomov 66 penalti, - 3:0. Evgeniy Kochnev 70, - 3:1.
“Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod) 2:0
Gollar: Dragan CHeran 27, - 1:0. Bahrom Abdurahimov 51, - 2:0.
“Buxoro” (Buxoro) – “Qo'qon-1912” (Qo'qon) 2:2
Gollar: Ergash Ismoilov 9, - 1:0. Suhrob Berdiev 25, - 1:1. Ivor Vaycer 65, - 2:1. Murod Xolmuhammedov 87 penalti, - 2:2.
“Qizilqum” (Navoiy) – “Dinamo” (Samarqand) 1:0
Gol: Samandar SHodmonov 18, - 1:0
Fikrlar