So’nggi yangiliklar

18:26Таэквондо. Ёсинбек Одилов - Жаҳон чемпиони! 0 18:17"Бунёдкор" ва "Локомотив"нинг муштлашган футболчилари дисквалификация қилиниб, клублар жаримага тортилди 0 17:52Дана Уайт Ульбергнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:26Магомед Анкалаев Прохазкани жангга чорлади 0 17:10Расман: Самвел Бабаян “Андижон”дан кетди 0 17:02"Бу ягона имкон эди". Собиқ чемпион Ульбергнинг ғалабаси ҳақида гапирди 0 16:39Камбоджа терма жамоаси ўзбекистонлик футболчини маҳаллийлаштиради 0 16:16Дана Уайт қандай қилиб Дональд Трамп сабаб кардга жанг қўшилганини айтди 0 15:52Илия Топурия Испаниядаги UFC турнири учун идеал жойни айтди 0 15:24Дана Уайт: "Жонс билан бизнес қилиб бўлмайди, лекин..." 0 15:01"Реал" Лунин билан боғлиқ муаммолардан сўнг янги дарвозабон ҳақида ўйлаб қолди 0 14:38Арсланбек Махмудов — Тайсон Фьюри жангидан сўнг: "Менимча дуранг эди" 0 14:16Жон Жонс: "Фаолиятимни якунлаганимга ишончим комил эмас" 0 13:52Дана Уайт Чимаев — Стрикленд жангидан олдин қандай хавфсизлик чораларини кўришини очиқлади 0 13:29Ямаль "Барселона" раҳбариятига таклиф билан чиқди 0

24 okt 18:45
Yangiliklar

Futbol

Oliy ligada qolish uchun kurashayotgan “Obod” o'z uyida mag'lub bo'ldi

Teglar :  FutbolObodMashal
Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston 25-milliy chempionati oliy ligasida 26-turdan o'rin olgan so'nggi uchrashuv o'tkazildi.

Unda kuchlilar safida qolish uchun harakat qilayotgan Toshkentning “Obod” jamoasi o'z maydonida bu vazifani deyarli uddalab bo'lgan Muborakning “Mashal” klubini qabul qildi.

O'yinning 18-daqiqasida SHohruz Norxonovning jarima maydoni ichidan darvozaga yo'llagan zarbasidan so'ng Javohir Ilyosov to'pni qaytardi. Bahsning 31-daqiqasida Temur Hakimovning zarbasi himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi.

Uchrashuvning 41-daqiqasida Kenja To'raev jarima maydoniga yaqinlashib zarba berdi va gol urdi - 0:1. Birinchi bo'lim tugadi. Ikkinchi bo'limning 65-daqiqasida Abror Husinov 2 metr masofadan darvozani ishg'ol qila olmadi. Uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

“Obod” (Toshkent) – “Mashal” (Muborak) 0:1 (0:1)

Toshkent. “Jar” stadioni.

Gol: Kenja To'raev 41, - 0:1

“Obod”: Umidjon Yorbekov, Abror Husinov (Alisher SHog'ulomov, 77), Xurshid G'iyosov, G'ayrat Umirov, Doniyorbek Hasanov, Pavel Solomin (Farhod Mirahmatov, 46), SHoxruz Norxonov, Sardor Qahhorov, Anvar G'ofurov, Timur Hakimov, Sardor Sobirxo'jaev (Alisher Mirzaev, 62)

“Mashal”: Javohir Ilyosov, Iskandar SHoyqulov (Avaz Agaliev, 84), G'iyosjon Komilov, Sardor Abduraimov, Zohir Qo'ziboev, Jamshid Hasanov (Humoyun Murtazoev, 75), Vladislav Pavlenko, Abbos SHodmonov (Mirzakamol Kamolov, 68), Mirzohid G'ofurov, Kenja To'raev, Andrey Derkach

Ogohlantirishlar: Sardor Sobirxo'jaev 39, Abbos SHodmonov 47, Xurshid G'iyosov 83, Sardor Qahhorov 88, SHohruz Norxonov 90, G'ayrat Umirov 90+1, Alisher Mirzaev 90+2.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing