08 iyu 13:00
Yangiliklar
Futbol
"Olmaliq" Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi
Futzal bo'yicha amaldagi mamlakat chempioni Toshkent viloyatining “Olmaliq” jamoasi klublar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni boshlaydi.
15-23 iyul kunlari Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'lib o'tadigan ushbu qita chempionatida O'zbekiston chempioni sifatida aynan “Olmaliq” jamoasi ishtirok etadi. Aleksandr Petrov shogirdlari Eronning “Tasisat Daryoi” hamda Livan chempioni “Al Mayadin” klublari bilan birga “B” guruhidan joy olgan. Eslatib o'tamiz, musobaqada 12ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun bahslarga kirishadi. O'z vaqtida Toshkentning “Ardus” klubi qita chempionatida finalga qadar etib borib, Osiyo vice-chempioniga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar