25 may 08:46
Yangiliklar
Futbol

"Oltin butsa"ning joriy mavsum g'olibi malum
Franciya chempionatining so'nggi turida amaldagi chempion PSJ mehmonda Reymsga imkoniyatni boy berdi.
Uchrashuvda parijliklar forvardi Kilian Mbappe raqib davozasiga bir marta yo'l topa oldi. Franciyalik futbolchi musobaqadagi gollari sonini 33taga etkazib, «Oltin butsa» uchun kurashni boy berdi.
SHu tariqa, 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi to'purari «Barselona» sardori Lionel Messi bo'ldi. U LaLiganing 34 uchrashuvida qatnashib, 36 bora gol urishga erishgandi.
Qayd etish joizki, 31 yoshli futbolchi mazkur sovrinni 6 marotaba qo'lga kiritadigan bo'ldi. Messi 2010, 2012, 2013, 2017, 2018-yillarda ham «Oltin butsa»ga egalik qilgandi.
Havola :
Fikrlar